| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi88 marta oʻqildi

“QR-online” tezkor toʻlov xizmati ishga tushirildi

Ushbu tizim orqali savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari oʻzlariga xizmat koʻrsatadigan banklar orqali QR-kodni roʻyxatdan oʻtkazadi. Xaridorlar esa plastik kartochkasi yonida boʻlmagan vaqtida ham mobil ilova yordamida xaridni amalga oshira oladi.

“QR-online” tezkor toʻlov xizmati ishga tushirildi

Oʻzbekiston Respublikasida raqamli bankingni rivojlantirish Konsepsiyasiga muvofiq, Markaziy bank tomonidan tijorat banklari bilan hamkorlikda QR-kod orqali (“Quick Response Code” - tezkor aniqlanadigan kod) tezkor toʻlovni amalga oshirishning “QR-online” standartlashtirilgan va universal xizmati ishga tushirildi.

Mazkur tizim doirasida savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari (xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar) oʻzlariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari orqali QR-kodni shakllantirib, roʻyxatdan oʻtkazadilar. Xaridorlar tomonidan mobil ilova dasturlari vositasida savdo va xizmat koʻrsatish korxonalarining QR-kodlarini skaner qilish (“oʻqish”) hamda xarid summasini kiritish orqali toʻlovlar amalga oshiriladi. Bunda pul mablagʻlari mobil ilovaga biriktirilgan bank kartalari hisobvaraqlari va elektron pul hamyonlardan hisobdan chiqariladi.

Cavdo va xizmat koʻrsatish korxonalari “QR-online” tizimi orqali mijozlardan qabul qilingan va bank hisobvaraqlariga kirim qilinadigan mablagʻlarni “Telegram” tarmogʻidagi “@onlineqrbot” kanali, mijozning bank shaxsiy kabineti hamda sms-xabarnoma xizmati orqali onlayn rejimida nazorat qilib borishlari mumkin. Mazkur tizim mavjud muqobil toʻlov xizmatlaridan farqli oʻlaroq, xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan boʻlib, Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimi bilan uzviy bogʻliqlikda ishlaydi.

Tijorat banklarining toʻlov xizmatlari bozoridagi mazkur yangi taklifi mahsulotlarni mijozgacha yetkazib berish, yoʻlovchilarni tashish kabi sohalarda faoliyat koʻrsatuvchi tashkilotlarga terminallarsiz toʻlovlarni qabul qilish imkoniyatini yaratish bilan bogʻliq qoʻshimcha qulayliklarni taqdim etadi.

Hozirgi kunda ushbu tizimni Toshkent shahrida tatbiq etish doirasida tijorat banklari tomonidan 3 mingdan ortiq xoʻjalik subʼyektlarining savdo va xizmat koʻrsatish punktlari ularga tegishli “QR-online” tizimi stikerlari bilan taʼminlandi.

Toʻlov xizmatlari bozorida “QR-online” tizimining ishga tushirilishi koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar koʻlamini yanada kengaytirish, shuningdek, Markaziy bankning asosiy strategik maqsadli yoʻnalishlaridan biri boʻlgan toʻlov tizimi barqarorligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ