| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi

Rosgeologiya Oʻzbekistonga yangi neft va gaz konlarini ochishda yordam beradi

Rosgeologiya Oʻzbekistonda geologik modelni aniqlashtirish, neft va gaz qazish istiqbollarini oʻrganish va uglevodorod potensialini yangi konlarning ochilishi uchun geologorazvedkani keyingi yoʻnalishlarini asoslash bilan baholash boʻyicha ishlarni olib boradi.

Rosgeologiya Oʻzbekistonga yangi neft va gaz konlarini ochishda yordam beradi

Rosgeologiya va Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar Davlat qoʻmitasi yer osti boyliklaridan foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzoladi. Bu haqda Rosgeologiya matbuot xizmati xabar qilgan.

Rosgeologiya boshqaruvi raisi Sergey Gorkov va Geologiya va mineral resurslar Davlat qoʻmitasi rahbari Bobur Islomovning uchrashuvidan soʻng yer osti boyliklaridan foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida kelishuv imzolandi.

"Bitimni amaliy ravishda amalga oshirish uchun tomonlar Oʻzbekiston Respublikasida Rosgeologiyaning shoʻʼba korxonasini tashkil etish va qoʻshma ishlarni muvofiqlashtirish va samaradorligini baholash uchun ilmiy-texnik kengashni tashkil etish masalasini koʻrib chiqadilar", deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Rosgeologiya Oʻzbekistonda geologik modelni aniqlashtirish, neft va gaz qazish istiqbollarini oʻrganish va uglevodorod potensialini yangi konlarning ochilishi uchun geologorazvedkani keyingi yoʻnalishlarini asoslash bilan baholash boʻyicha ishlarni olib boradi, yangi konlarni kashf qilish uchun kelgusidagi qidiruv maydonlarini asoslab beradi. Xususan, gap Orol dengizidagi neft va gaz konlari potensialini baholash haqida ketmoqda.

Oʻzbekistonning mineral-xom ashyo bazasini boshqarishni raqamlashtirish sohasida tomonlar sanoat chiqindilarining mineral massasi hajmi va tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish uchun dasturiy yechimlar toʻplamini yaratishga va raqamli geologik-iqtisodiy modellarni rivojlantirish orqali mamlakatning mineral-xom ashyo resurslarini sanoatni rivojlantirishga jalb qilish samaradorligini baholashga kelishib oldilar.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ