| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi64 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda oltinni erkin sotishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi maʼqullandi

Ushbu loyihaning qabul qilinishi sohada bir qator ijobiy natijalarni beradi. Jumladan, mamlakat iqtisodiyot tarmoqlarida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar sohasidagi faoliyatni amalga oshirishning mustahkam huquqiy asosi yaratiladi.

Oʻzbekistonda oltinni erkin sotishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi maʼqullandi

Deputatlar “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini maʼqullashdi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar qildi.

Yangi qonun loyihasida qimmatbaho metallar, toshlarni qazib olish, ularni affinaj qilish, zargarlik buyumlarining asillik darajasini belgilash va tamgʻalash, davlat organlarining vakolatlari, qimmatbaho metallar va toshlarga egalik huquqlarining vujudga kelishi, sohada ruxsat etish tizimi asoslari koʻrsatib oʻtilgan.

Loyihada qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar davlat egaligida boʻlgani singari yuridik va jismoniy shaxslar egaligida ham boʻlishi mumkinligi koʻrsatilgan.

Taʼkidlanishicha, ushbu loyihaning qabul qilinishi sohada bir qator ijobiy natijalarni beradi. Jumladan, mamlakat iqtisodiyot tarmoqlarida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar sohasidagi faoliyatni amalga oshirishning mustahkam huquqiy asosi yaratiladi.

“Loyiha bilan qimmatbaho metallarning erkin muomalasi yoʻlga qoʻyilmoqda. Bu esa, tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan qimmatbaho metallarga xom ashyo sifatida boʻlgan ehtiyoji qondiriladi. Tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan qimmatbaho metallarni toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiquvchilardan yoki birjadan sotib olish imkoni yaratilmoqda”, deyilgan xabarda.

Shu bilan birga qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar sohasida davlat organlarining vakolatlari aniq belgilanyapti. Bu qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyish, isteʼmolchilarning huquqlari kafolatlanishi, halol tadbirkorlik subʼyektlarining huquqlarini himoya qilishga yordam beradi.

Shuningdek, loyiha qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasini aniqlash va tamgʻalash tartibini soddalashtirishni nazarda tutadi. Unga qimmatbaho metallar va toshlarga egalik huquqini nazarda tutuvchi normalar kiritilgan boʻlib, bu qimmatbaho metallarga oddiy tovar sifatida qarash, tadbirkorlik subʼyekti yoki jismoniy shaxslar ham ularga egalik qilish, oʻrnatilgan tartibda erkin tasarruf etish imkonini beradi.

Mazkur qonun loyiha qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi mahalliy tadbirkorlik subʼyektlariga oʻzlari ishlab chiqargan zargarlik buyumlariga oʻzlari ishlab chiqaruvchi tamgʻasi bilan tamgʻalash huquqi ham berilmoqda.

Umuman olganda, ushbu yangiliklar soha faoliyatini xufiyona iqtisodiyotdan chiqarishi, tarmoqqa investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay sharoit yaratishi hamda raqobat muhitini yaxshilashga koʻmaklashishi aytilmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ