| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi

Berlinda Oʻzbekistonning JST va YeOIIga integratsiyasi hamda YeI bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Germaniyaning ishbilarmon doiralari Oʻzbekistonda valyuta bozori liberallashtirilishi, davlatning iqtisodiyotdagi rolining kamayishi, shuningdek, mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish borasidagi saʼy-harakatlarini maʼqullashdi.

Berlinda Oʻzbekistonning JST va YeOIIga integratsiyasi hamda YeI bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 24-26 fevral kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi direktorining oʻrinbosari U.Abidxadjayev ishtirokidagi Oʻzbekiston Respublikasining hukumat delegatsiyasi Berlin shahri (Germaniya)da tashrifi davom etmoqda.

Tashrifdan maqsad – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlisga yoʻllangan Murojaatnomaning mazmun-mohiyati, Oʻzbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, Oʻzbekiston-Germaniya hamkorligining istiqbolli yoʻnalishlari, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash, mintaqaviy va global savdo-iqtisodiy tuzilmalar bilan hamkorlik qilishning dolzarb masalalarini muhokama qilish.

Tashrif chogʻida Oʻzbekiston-Germaniya hamkorligining istiqbolli yoʻnalishlari, xususan, mintaqaviy va global savdo-iqtisodiy tuzilmalar bilan hamkorlik qilish borasida ham fikr almashildi. Xususan, Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qoʻmitasining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktori Eduard Kinsbruner bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

E. Kinsbrunerning soʻzlariga koʻra, Germaniyaning ishbilarmon doiralari Oʻzbekistonda valyuta bozori liberallashtirilishi, xususiy mulk himoyasi, raqobat muhitini shakllanayotganligi, davlatning iqtisodiyotdagi rolining kamayishi, davlat va xususiy sheriklikning rivojlanayotganligi, shuningdek, mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish borasidagi saʼy-harakatlarini maʼqullashdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan ishlash xizmati

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ