| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes3 daqiqada oʻqiladi1 061 marta oʻqildi

Oʻzbekistonning oziq-ovqat bozorlaridagi narx-navolar

Oʻzbekiston hududidagi bozorlarda goʻsht 36 ming soʻmdan 70 ming soʻmgacha sotilmoqda. Guruch esa 3 800 soʻmdan 18 ming soʻmgacha.

Oʻzbekistonning oziq-ovqat bozorlaridagi narx-navolar

Davlat statistika qoʻmitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida 2020 yil 3 mart kuni kuzatuv oʻtkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

1 kg mol goʻshti (suyaksiz goʻshtidan tashqari) 36 000 soʻmdan 60 000 soʻmgacha

Kuzatuv natijasiga koʻra, 1 kg mol goʻshtining (suyaksiz goʻshtidan tashqari) minimal narxi Toshkent shahrining «Eski joʻva dehqon bozori»da qayd etilgan (36 000 soʻm). Mol goʻshtining maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (60 000 soʻm).

1 kg qoʻy goʻshti 39 000 soʻmdan 70 000 soʻmgacha

Qoʻy goʻshtining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Toshkent shahrining «Qoʻyliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (39 000 soʻm) roʻyxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (70 000 soʻm) kuzatildi.

1 kg kartoshka 1 200 soʻmdan 6 000 soʻmgacha

Kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining «Eski joʻva dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da qayd etilgan (1 200 soʻm). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (6 000 soʻm) qayd etildi.

1 kg piyoz 1 500 soʻmdan 4 000 soʻmgacha

Piyoz mahsulotining minimal narxi Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori», Qarshi shahri «Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori» va Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori»da (1 500 soʻm) kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozorlari»da kuzatildi (4 000 soʻm).

1 kg sabzi 700 soʻmdan 5 000 soʻmgacha

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori»da (700 soʻm) qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (5 000 soʻm) kuzatildi.

Tuxum 4 000 soʻmdan 10 000 soʻmgacha (10 dona)

Tuxumning minimal narxi Chirchiq shahrining «Chirchiq shahri dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori» va «Qoʻyliq dehqon bozori»da kuzatildi (4 000 soʻm). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da qayd etilgan (10 000 soʻm).

1kg guruch 3 800 soʻmdan 18 000 soʻmgacha

Guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da roʻyxatga olingan («Nukus» navli guruch 3 800 soʻm). Maksimal narx esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi («Lazer» navli guruch 18 000 soʻm).

1 litr oʻsimlik yogʻi 8 000 soʻmdan 13 500 soʻmgacha

Oʻsimlik yogʻi mahsulotlari kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Andijon shahrining «Andijon shahar markaziy dehqon bozori»da (mahalliy paxta yogʻi 8 000 soʻm) kuzatildi. Maksimal narxi esa Chirchiq shahrining «Chirchiq dehqon bozori» hamda Toshkent shahrining «Eski joʻva dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (kungaboqar yogʻi 13 500 soʻm) kuzatildi.

1 kg shakar 5 500 soʻmdan 6 500 soʻmgacha

Shakar mahsuloti kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Navoiy shahrining «Saxovat bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Eski joʻva dehqon bozori» va «Qoʻyliq dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori»da (5 500 soʻm) kuzatildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Andijon shahrining «Yangibozor dehqon bozori» va «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori» va «Eski shahar dehqon bozori», Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», «Temiryoʻl dehqon bozori», «Damariq dehqon bozori», Termiz shahrining «Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori», «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori» hamda Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (6 500 soʻm) kuzatildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ