# Ўзбекистон
391 ta material

Oʻzbekiston banklarida dollar kursi qanday?
Dollar sotib olish yoki sotish istagida boʻlganlar banklardagi kurslar bilan tanishib chiqadi. Oʻzbekistondagi banklarda 1 AQSH dollari 9530 soʻmgacha sotib olinmoqda va 9530 soʻmdan sotilmoqda. Qaysi bankda 1 AQSH dollarining kursi qanday ekanligi bilan quyidagi maʼlumotda tanishing.

Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlar yana ikki nafarga koʻpaydi
Istanbuldan kelgan Oʻzbekiston fuqarosi va Londonda boʻlib qaytgan yana bir fuqaromizning turmush oʻrtogʻida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Oʻzbekiston Respublikasining 2020 yilgi “Iqtisodiy erkinlik” indeksidagi oʻrni koʻtarildi
“The Heritage Foundation”nufuzli iqtisodiy tahlil markazi tomonidan 180 ta davlatning “Iqtisodiy erkinlik” indeksi 1995 yildan buyon tahlil qilinadi. Indeksning 2020 yil uchun hisobotida Oʻzbekiston 57,2 ball bilan oʻz oʻrnini koʻtargan.

Koronavirus tufayli joriy etilgan karantin eksport-import uchun taʼsir koʻrsatmaydi
16 mart kunidan boshlab Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida shaxslar va yoʻlovchi tashuvchi transport vositalari harakatini vaqtincha toʻxtatish boʻyicha qaror qabul qilindi. Mazkur cheklovlar yuk avtomobillari, avia, temir yoʻl, daryo transportlarida yuk tashish bilan shugʻullanuvchi shaxslar, ularning transport vositalari va tashilayotgan tashqi savdo yuklariga taaluqli emas.

Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni ortdi
SSV matbuot xizmatining xabar qilishicha, hozirda mamlakatimizda koronavirus bilan kasallanganlar soni toʻrt nafarga yetgan. Ularning ikki nafari sayohatdan kelgan oʻzbekistonlik ayolning farzandi.

Barcha avia va avtomobil qatnovlari toʻxtatiladi
16 mart kunidan boshlab Oʻzbekistonning xorijiy davlatlar bilan avia va avtomobil qatnovlari toʻxtatiladi.

Oʻzbekistonda koronavirus bilan bogʻliq ilk holat aniqlandi
15 mart kuni ilk koronavirus yuqtirgan fuqaro aniqlangan. U Fransiyada boʻlib qaytgan.

Dehqon bozorlarda "Oziq-ovqat yarmarkalari" ochiladi
15-25 mart kunlari dehqon bozorlarda "Oziq-ovqat yarmarkalari" ish boshlaydi. Ushbu yarmarkalarda xaridorlarga sifatli va isteʼmol uchun xavfsiz boʻlgan mahsulotlar savdoga chiqariladi.

1995 yilga qadar Oʻzbekistonga kirib kelganlarga fuqarolik beriladi
Chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan shaxslar oʻz istaklari bilan Oʻzbekiston fuqaroligini olishi mumkin.

Navroʻzda oʻtkazilishi rejalashtirilgan qator tadbirlar bekor qilindi
Hukumat qarori bilan Oʻzbekistonda Navroʻz bayramiga bagʻishlab oʻtkazilishi rejalashtirilgan qator tadbirlar koronavirus sababli bekor qilindi. Xalq sayli va umumxalq xayriya hashari esa tegishli profilaktik tadbirlar koʻrilgan holda oʻtkaziladi.

Oʻzbekistondagi 500 mingdan ortiq aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi
Jahon banki Oʻzbekistonda suv taʼminoti tizimini rivojlantirish uchun 239 mln. dollar ajratadi. Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida Oʻzbekistonning uchta hududidagi aholisi yanada sifatli suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlaridan foydalana olishi kutilmoqda.

Yevropa Ittifoqi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi sektoriga yordam koʻrsatish uchun 40 million yevro ajratdi
YeIning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Eduards Stiprays mazkur byudjet yordami Qishloq xoʻjaligi vazirligi va mamlakat hukumatiga sektorni modernizatsiya qilish va islohotlarni tezlashtirishga yordam berishini taʼkidladi.

Eronga Oʻzbekiston gumanitar yordam yuboradi
Koronavirusdan aziyat chekayotgan Eronga Oʻzbekiston insonparvarlik yordami tariqasida tibbiy buyumlar yuboradi.

Dunyodagi global iqtisodiy oʻzgarishlarning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga taʼsiri qanday va qanaqa muhim choralar koʻrish lozim?
Global iqtisodiyotdagi mazkur salbiy tendensiyalar oqibatlari globallashgan iqtisodiyotning bir qismi sifatida Oʻzbekistonga ham oʻz taʼsirini koʻrsatishi tabiiy. Garchi, Oʻzbekiston rivojlangan davlatlar singari bir-biri bilan oʻzaro bogʻliqlik darajasi yuqori boʻlmasa-da, ularda boʻlayotgan jiddiy oʻzgarishlar mamlakat iqtisodiyotiga oʻz taʼsirini oʻtkazmasdan qolmaydi.

Coca-Cola Oʻzbekistonga investitsiya kiritmoqchi
Coca-Cola kompaniyasi 2020—2021 yillarda Oʻzbekistonga 31 million dollar miqdorida investitsiya kiritishni rejalashtirgan.

Oʻzbekistonda yangi raqamli bank tashkil etiladi
Oʻzbekistonda “ANOR BANK” AJ ruxsatnoma oldi. Bank Toshkent shahrida tashkil etilishi kutilmoqda.

YeOIIga kirish avtosanoat, maishiy texnika ishlab chiqaradigan qator tarmoqlarga zarba beradi
Mabodo YeOIIga aʼzo boʻlsak, bu turli tarmoq va sohalarimizga turlicha taʼsir koʻrsatadi. Masalan, avtosanoat, maishiy texnika ishlab chiqaradigan qator tarmoqlarga u juda katta salbiy zarba beradi. Negaki, bu tarmoqlar oʻz mahsulotlarini xalqimizga jahon bozoridagi oʻrtacha baholardan yuqori narxlarda sotib kelishyapti. Mabodo YeOIIga kirsak, ular bankrot boʻlmaslik uchun mahsulotlari narxini pasaytiradi, deydi Iqtisod fanlari doktori, professor Odil Olimjonov.

Dollarning rasmiy kursi 13,30 soʻmga pasaydi
Oʻzbekistonda ketma-ket dollar kursi pasayishi kuzatilmoqda. Yevro kursi esa 232,36 soʻmga oshdi.

Eksportni moliyalashtirish: eksport oldi kreditlari va eksport jarayonlarini sugʻurtalash
Har bir davlatning eksport salohiyatini oshirishda eksport tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishni moliyalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, Oʻzbekistonda eksportbop tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni moliyalashtirish, xususan, eksport oldi kreditlari berish hamda eksport faoliyatini sugʻurtalash maqsadida moliya va kapital bozorlarini yanada rivojlantirish kechiktirib boʻlmaydigan vazifalardan hisoblanadi.

Oʻzbekistonda kambagʻallik va uni qisqartirish yoʻllari
Mutaxassislar kambagʻallik Oʻzbekiston uchun qay daraja dolzarb ekanligini va buni sabablari haqida maʼlumot berdi. Ularning bergan maʼlumotlariga koʻra, Qashqadaryo viloyati kambagʻallik muammosi boʻyicha eng ogʻir hudud hisoblanadi.

Misrning farmatsevtik kompaniyasi Oʻzbekistonga 20 mln. dollar investitsiya kiritmoqchi
Misrning Solyphar farmatsevtik kompaniyasi Oʻzbekistonda farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qariyb 20 mln. dollar investitsiya kiritmoqchi.

Oʻzbekistonning oziq-ovqat bozorlaridagi narx-navolar
Oʻzbekiston hududidagi bozorlarda goʻsht 36 ming soʻmdan 70 ming soʻmgacha sotilmoqda. Guruch esa 3 800 soʻmdan 18 ming soʻmgacha.

Oʻzbekiston koronavirus yetib bormagan, jozibador mamlakatlar roʻyxatiga kiritildi
Buyuk Britaniyaning “The Telegraph” gazetasi Oʻzbekistonni sayohat qilish uchun koronavirusdan xoli, turictik jihatdan jozibador mamlakatlar roʻyxatiga qoʻshdi.

Oʻzbekistonda koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida karantinga olish tartiblari eʼlon qilindi
Koronavirus tarqalgan davlatlardan toʻgʻridan-toʻgʻri yoki boshqa davlatlar orqali Oʻzbekistonga kirib kelayotganlarning barchasi, fuqaroligidan qatʼi nazar, majburiy karantinga olinadi. Karantindagi shaxslar tomonidan intizomni buzish holatlari kuzatilsa, qonuniy javobgarlikka tortish belgilangan.

Oʻzbekiston Xitoyga insonparvarlik yordamini yubordi
Oʻzbekiston Xitoyga ikkinchi partiya insonparvarlik yordamini yubordi. Mudofaa vazirligining CASA C-295 rusumli harbiy samolyoti Toshkentdan Urumchiga joʻnab ketdi.
