| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi211 marta oʻqildi

1995 yilga qadar Oʻzbekistonga kirib kelganlarga fuqarolik beriladi

Chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan shaxslar oʻz istaklari bilan Oʻzbekiston fuqaroligini olishi mumkin.

1995 yilga qadar Oʻzbekistonga kirib kelganlarga fuqarolik beriladi

“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga muvofiq, 1995 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekiston hududiga kirib kelgan va doimiy propiskadan oʻtgan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda mazkur Qonun kuchga kirguniga qadar fuqaroligi boʻlmagan shaxsga Oʻzbekistonda yashash guvohnomasi asosida yashab turgan shaxs istak bildirgan taqdirda, Oʻzbekiston fuqarosi deb tan olinadi.

Qonun bilan Prezident huzuridagi Fuqarolik masalalari boʻyicha komissiyaning maqomi, asosiy vazifalari va vakolatlari belgilandi.

Jumladan, Komissiya Oʻzbekiston fuqaroligi masalalariga oid iltimosnomalarni koʻrib chiqadi, Prezidentga ushbu masalalar yuzasidan takliflar kiritadi.

Qonunga koʻra, Oʻzbekiston fuqaroligi masalalarini koʻrib chiqishda idoralararo elektron hamkorlik shakllantiriladi.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʻtgach kuchga kiradi.

Qonunning ayrim moddalari va bandlari 2020 yil 1 apreldan eʼtiboran amalga kiritiladi.

Hisob-kitoblarga koʻra, 50 mingga yaqin yurtdoshlarimizning rasman Oʻzbekiston fuqarosi boʻlish imkoniyati tugʻilgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ