| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi414 marta oʻqildi

Navroʻzda oʻtkazilishi rejalashtirilgan qator tadbirlar bekor qilindi

Hukumat qarori bilan Oʻzbekistonda Navroʻz bayramiga bagʻishlab oʻtkazilishi rejalashtirilgan qator tadbirlar koronavirus sababli bekor qilindi. Xalq sayli va umumxalq xayriya hashari esa tegishli profilaktik tadbirlar koʻrilgan holda oʻtkaziladi.

Navroʻzda oʻtkazilishi rejalashtirilgan qator tadbirlar bekor qilindi

Vazirlar Mahkamasi 13 martdagi yigʻilishda Oʻzbekistonda Navroʻz bayrami munosabati bilan oʻtkazilishi rejalashtirilgan bir qator tadbirlarni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Xususan, Navroʻz bayrami arafasida Toshkentda oʻtadigan Navroʻz marafoni, Xivada 31 mart -1 aprel kunlari tashkil etiladigan “2020 yilda Xiva shahri turkiy dunyo madaniyati poytaxti” yilining rasmiy ochilish marosimi hamda “Buxoro shahri — Islom olami madaniyati poytaxti”, deb eʼlon qilinishi munosabati bilan 14−16 aprel kunlari oʻtkaziladigan tadbirlar bekor qilindi.

Oʻz navbatida, asosiy bayram tadbirlari va xalq sayllari oʻtkaziladigan joylarda yangi turdagi COVID-19 koronavirusining kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida tegishli profilaktik choralar koʻriladi, tibbiy nazorat kuchaytiriladi.

Navroʻz bayramini oʻtkazish toʻgʻrisida Prezident qarori qabul qilindi

Joylarda koʻchma savdo doʻkonlari, hunarmandchilik koʻrgazmalari, kitob rastalari, bahoriy taom sotiladigan ochiq oshxonalar tashkil etiladi, milliy chorpoyalar, soʻrilar va xontaxtalar joylashtiriladi.

Bogʻlarda, ochiq maydonlarda dorbozlar, polvonlar, masxarabozlar, qoʻgʻirchoqbozlarning tomoshalari, qushlar koʻrgazmasi, varrak uchirish, arqon tortish, argʻimchoq uchish kabi xalq oʻyinlari musobaqalari tashkil etiladi.

Sayl davomida mamlakatda istiqomat qiladigan turli millat vakillarining badiiy chiqishlari, folklor-etnografik guruhlarning konsertlari ham oʻtkaziladi.

Yigʻilishda joriy yilning 14−15 mart kunlari “Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish xayriya hasharini uyushqoqlik bilan tashkil etish va yuqori saviyada oʻtkazish masalalari ham muhokama qilindi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ