Dehqon bozorlarda "Oziq-ovqat yarmarkalari" ochiladi
15-25 mart kunlari dehqon bozorlarda "Oziq-ovqat yarmarkalari" ish boshlaydi. Ushbu yarmarkalarda xaridorlarga sifatli va isteʼmol uchun xavfsiz boʻlgan mahsulotlar savdoga chiqariladi.

“Navroʻz” umumxalq bayrami munosabati bilan yurtimiz dehqon bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlar narxining barqarorligi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida 15-25 mart kunlari yarmarkalar tashkil etiladi. Bu haqda "Oʻzbekoziqovqatxolding" kompaniyasi axborot xizmati xabar qildi.
Xususan, Toshkent shahridagi isteʼmol bozorlarida “Oʻzbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tizimidagi korxonalar tomonidan oziq – ovqat mahsulotlari savdosi tashkil etiladi.
Qoʻyliq (Bektemir tumani), Sirgʻali (Sirgʻali tumani), Aviasozlar (Yashnobod tumani), Qora-Qamish (Olmazor tumani), Navroʻz (Mirzo Ulugʻbek tumani), Yunusobod (Yunusobod tumani), Beshyogʻoch bozori Qozrabot filiali (Chilonzor tumani), Askiya (Yakkasaroy tumani), Farhod (Uchtepa tumani), Eski joʻva (Shayxontohur tumani), Mirobod ( Mirobod tumani), Oloy (Yunusobod tumani) bozorlaridagi ushbu yarmarkalarda xaridorlarga sifatli va isteʼmol uchun xavfsiz boʻlgan goʻsht, sut, qandolat mahsulotlari, meva-sabzavot konservalari, salqin ichimliklar barqaror narxda taqdim etiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

