| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi8 948 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni ortdi

SSV matbuot xizmatining xabar qilishicha, hozirda mamlakatimizda koronavirus bilan kasallanganlar soni toʻrt nafarga yetgan. Ularning ikki nafari sayohatdan kelgan oʻzbekistonlik ayolning farzandi.

Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni ortdi

Avval xabar berganimizdek, shu yilning 15 mart kuni Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiyada boʻlib qaytgan bir nafar Oʻzbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangan edi. Ayni paytda epidemiologik surishtiruv hamda kasallikni tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlar toʻliq amalga oshirilmoqda. Nazorat kuchaytirilmoqda, deyiladi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Oʻzbekistonda koronavirus bilan bogʻliq ilk holat aniqlandi

Shu bilan birga, bemor bilan birga muloqotda boʻlgan barcha oila aʼzolarini ham respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi yotqizildi. Mutaxassislarimiz tomonidan ularga tibbiy nazorat oʻrnatilib, ixtisoslashgan laborator tahlildan oʻtkazildi. Tahlil natijalari bemorning oʻgʻli va qizida koronavirus infeksiyasi borligini koʻrsatdi.

Shuningdek, shu yilning 15 mart kuni soat 05-15 da Oʻzbekiston havo yoʻllari avia kompaniyasiga qarashli Istanbul - Toshkent yoʻnalishidagi 274- reys bilan kelgan Oʻzbekiston fuqarosida ham ushbu infeksiya aniqlangan. Laborator tahlil respublika Virusologiya ilmiy tekshirish institutida oʻtkazilgan.

Hozirda shifokorlar va mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davolash va epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ