Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlar yana ikki nafarga koʻpaydi
Istanbuldan kelgan Oʻzbekiston fuqarosi va Londonda boʻlib qaytgan yana bir fuqaromizning turmush oʻrtogʻida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, Istanbuldan kelgan Oʻzbekiston fuqarosi va Londonda boʻlib qaytgan yana bir fuqaromizning turmush oʻrtogʻida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Har ikki fuqaro ham qatʼiy tibbiy nazoratda boʻlgan.
Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni ortdi
Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 13 nafarga yetdi. Bemorlarning ahvoli hozircha qoniqarli boʻlib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

