Oʻzbekiston koronavirus yetib bormagan, jozibador mamlakatlar roʻyxatiga kiritildi
Buyuk Britaniyaning “The Telegraph” gazetasi Oʻzbekistonni sayohat qilish uchun koronavirusdan xoli, turictik jihatdan jozibador mamlakatlar roʻyxatiga qoʻshdi.

“The Telegraph” nashri Oʻzbekistonni koronavirusdan xoli, jozibador mamlakat, deya eʼtirof etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, Buyuk Britaniyaning “The Telegraph” gazetasi Oʻzbekistonni sayohat qilish uchun koronavirusdan xoli, turictik jihatdan jozibador 19 mamlakat qatoriga qoʻshgan.
“Telegraph Travel” yozuvchisi Sara Uiler Oʻzbekistonni nur va ajib goʻzallik taratib turuvchi mamlakat, deya taʼriflagan.
Roʻyxatda Argentina, Namibiya, Kuba, Turkiya, Moʻgʻuliston, Madagaskar, Peru, Maldiv, Malta, Laos, Botsvana, Janubiy Afrika, Chili, Polsha, Kolumbiya, Vengriya, Boliviya va Tanzaniya kabi davlatlar ham bor.
Nashrda taʼkidlanishicha, ushbu mamlakatlarda koronavirus bilan kasallanish holati aniqlanmagan. Shu bilan birga, bu mamlakatlarda tomosha qilib zavqlanish mumkin boʻlgan joylar koʻp.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

