| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Markaziy Osiyo1 daqiqada oʻqiladi150 marta oʻqildi

Oʻzbekiston Xitoyga insonparvarlik yordamini yubordi

Oʻzbekiston Xitoyga ikkinchi partiya insonparvarlik yordamini yubordi. Mudofaa vazirligining CASA C-295 rusumli harbiy samolyoti Toshkentdan Urumchiga joʻnab ketdi.

Oʻzbekiston Xitoyga insonparvarlik yordamini yubordi

3 mart kuni Oʻzbekiston Xitoyga ikkinchi partiya insonparvarlik yordamini yubordi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshrigʻiga asosan 2020 yilning 3 mart kuni soat 15:30 da Maxsus bort navbatdagi insonparvarlik yordami bilan koronavirusga qarshi kurashish uchun amaliy koʻmak berish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasiga uchib ketdi.

Mudofaa vazirligining CASA C-295 rusumli harbiy samolyoti Toshkentdan Urumchiga joʻnab ketdi.

Insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasiga ham, birinchi partiyada boʻlgani kabi – bir martalik steril qoʻlqoplar, himoya kombinezonlari, havoni filtrlash maskalari va boshqa buyumlardan iborat, deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 12 fevral kun Oʻzbekiston Xitoyga "Il-76" harbiy samolyotida birinchi partiya insonparvarlik yordamini joʻnatgan edi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ