| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Markaziy Osiyo2 daqiqada oʻqiladi60 marta oʻqildi

Dushanbe shahridagi ilmiy-amaliy anjumanda Oʻzbekiston va Tojikiston aqliy markazlari hamkorlik oʻrnatish haqida kelishib olishdi (+video)

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Tojikiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi iqtisodiyot va demografiya instituti bilan oʻzaro anglashuv Memorandumini imzoladi.

Dushanbe shahridagi ilmiy-amaliy anjumanda  Oʻzbekiston va Tojikiston aqliy markazlari hamkorlik oʻrnatish haqida kelishib olishdi (+video)

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Tojikiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi iqtisodiyot va demografiya instituti (IDI) bilan oʻzaro anglashuv Memorandumini imzoladi.

Memorandumni imzolash toʻgʻrisidagi kelishuv "Oʻzbekiston va Tojikiston rahbarlarining doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va ishonchni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi, Tojikiston poytaxti Dushanbeda boʻlib oʻtayotgan tojik-oʻzbek strategik hamkorligining yangi sahifasini ochish" mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman doirasida erishildi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbari Obid Xakimov anjumanda soʻzlagan nutqida oʻtgan uch yil mobaynida Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi savdo aylanmasi qariyb 2,5 barobar oʻsganini, joriy yilning 7 oyida esa koronavirus pandemiyasiga qaramay, u kamaymaganini, aksincha, deyarli 8% ga oshganini qayd etdi. Tojikiston Respublikasi muhim va istiqbolli savdo- iqtisodiy hamkor boʻlib, Oʻzbekiston u bilan koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor deb taʼkidladi.

"Sanoat kooperatsiyasi sohasida hamkorlikning yana bir muhim tomoni boʻlib, bu salohiyatni toʻliq amalga oshirish kerak. Oʻzbekiston va Tojikiston qoʻshni davlatlar sifatida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish uchun katta imkoniyatlarga ega", - deb taʼkidladi.

Xususan, Tojikistonda "Artel Avesto Electronics" qoʻshma korxonasining tashkil etilishi misolida sanoatning boshqa tarmoqlari - avtomobilsozlik, toʻqimachilik, farmatsevtika, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarishda qoʻshma korxonalar va kooperatsiya aloqalarini yaratish zarurligi qayd etildi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston va Tojikiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining yirik ishlab chiqaruvchilari ekanligi alohida taʼkidlandi. Shu munosabat bilan meva-sabzavotlarni uchinchi mamlakatlarga eksport qilish uchun qoʻshimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlarni qayta ishlash boʻyicha hamkorlikdagi yangi ishlab chiqarish obʼyektlarini yaratish ham istiqbolda yaxshi natijalar koʻrsatishi mumkin.

"Korxonalar oʻrtasidagi kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari kabi katta hajmdagi xom ashyoni qayta ishlashga asoslangan qoʻshma korxonalar tashkil etish zamonaviy texnologiyalar, tor ixtisoslashuv va “masshtab effekti” asosida bozorda raqobatbardoshligini oshirish mumkin", - dedi O. Xakimov.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbari oʻz nutqida iqtisodiy munosabatlarning holati va istiqbollari haqida ham toʻxtalib oʻtdi. Oʻzbekiston va Tojikiston hamkorligining yangi bosqichidagi dastlabki natijalar xalqlarimiz farovonligini oshirishga yordam beradigan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning yangi shakl va yoʻnalishlarini izlab topish boʻyicha oʻzaro manfaatli hamkorlikka boʻlgan qiziqish mavjudligini taʼkidladi.

Konferensiyaning birinchi kunida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va Iqtisodiyot va demografiya instituti rahbarlari oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Memorandumni imzolashdan maqsad Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasida barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakatlar doirasida iqtisodiy islohotlarni tadqiqotlar va tahlillar bilan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida IDI va Markaz oʻrtasida kelgusida hamkorlik oʻrnatishdir.

Hamkorlik yoʻnalishlari qatoriga qoʻshma tadqiqotlar va tahlillar, seminarlar, simpoziumlar, amaliy mashgʻulotlar va boshqa ilmiy uchrashuvlarni tashkil etish, mutaxassislarning oʻzaro manfaatli shartlarda loyihalarni amalga oshirishdagi hamkorlik ishlari kiradi.

Tomonlar muntazam ravishda uchrashib turishga va zarur hollarda kelajakdagi hamkorlik mavzularini muhokama qilishga, joriy loyihalar boʻyicha fikr almashib turish, hamkorlikda ilmiy seminarlar, turli tadirlarni tashkil etish hamda boshqa oʻzlarini qiziqtirgan masalalar boʻyicha kelgusida hamkorlik qilishni kelishib oldilar.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ