| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Markaziy Osiyo1 daqiqada oʻqiladi

Oʻzbekiston Qozogʻistonga 5 ming kishiga moʻljallangan masjid qurib bermoqda

Oʻtgan yili tamal toshi qoʻyilgan masjid qoʻshni Oʻzbekistonning Turkistonga tortiq qilgan tuhfasidir.

Oʻzbekiston Qozogʻistonga 5 ming kishiga moʻljallangan masjid qurib bermoqda

Turkistonda 5 mingdan ortiq kishiga moʻljallangan ulkan masjid qurilmoqda. Oʻtgan yili tamal toshi qoʻyilgan masjid qoʻshni Oʻzbekistonning Turkistonga tortiq qilgan tuhfasidir, deb xabar beradi Kazinform.

"Dunyoning eng yaxshi tajribalarini oʻzida mujassam etgan meʼmorchilik obidasining ichki va tashqi koʻrinishi sharqona uslubda bezatiladi. Noyob loyiha Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda", deyiladi xabarda.

Masjidning umumiy maydoni 5 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Masjidning tashqarisida 3 ming kishi namoz oʻqishi mumkin. Arxitektura majmuasida musulmon marosimlari oʻtkaziladigan joylar, kongress zali, toʻy saroyi, 180 oʻrinli madrasa, kutubxona, oshxona, sport maydonchasi, 500 mashinaga moʻljallangan avtopark va ajoyib favvora boʻladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ