Oʻzbekiston yashash uchun eng arzon mamlakatlar orasida 130-oʻrinni egalladi
Markaziy Osiyodagi davlatlar orasida Qozogʻiston 116-oʻrinni, Qirgʻiziston 133-oʻrinni egalladi.

Numbeo portali yashash uchun eng qimmat va eng arzon mamlakatlar 2020 yilgi reytingini eʼlon qildi. Reytingga dunyoning 135 ta davlati kiritilgan boʻlib, roʻyxat uy-joy ijara puli, yashash indeksi qiymati va aholining xaridorlik qobiliyati kabi koʻrsatkichlar asosida shakllantiriladi.
Oʻzbekiston ushbu roʻyxatda 130-oʻrinni egalladi.
Reytingdan, shuningdek, Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar ham oʻrin olgan. Jumladan, Qozogʻiston 116-oʻrinni, Qirgʻiziston 133-oʻrinni, Afgʻoniston 132-oʻrinni, Pokiston esa 135 — eng soʻnggi oʻrinni egalladi.
Bermud orollari 2020 yilda yashash uchun eng qimmat deb topildi. Undan keyingi pogʻonalarni Shveysariya, Norvegiya, Islandiya va Yaponiya egallagan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Qirgʻiz Respublikasiga mobil shifoxona uchun konteynerlar yetkazib berildi

Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov isteʼfoga chiqqanini eʼlon qildi

Dushanbe shahridagi ilmiy-amaliy anjumanda Oʻzbekiston va Tojikiston aqliy markazlari hamkorlik oʻrnatish haqida kelishib olishdi (+video)

