Qirgʻiz Respublikasiga mobil shifoxona uchun konteynerlar yetkazib berildi
Oʻzbekistonga Qirgʻiz Respublikasiga gumanitar yordamning navbatdagi qismi yuborildi. Gumanitar yordam «Bishkek-1» temir yoʻl stansiyasiga yetib bordi.

Qoʻshni davlatda mobil shifoxona barpo etish uchun Oʻzbekistondan Qirgʻiz Respublikasiga, «Oʻzbekiston temir yoʻllari» aksiyadorlik jamiyati koʻmagida, ixtisoslashtirilgan shifoxona konteynerlarining ikkinchi partiyasi yetkazib berildi.

Oʻzbekiston Qirgʻizistonga gumanitar yordam bermoqda
200 oʻringa moʻljallangan 40 ta shifoxona konteynerlar ortilgan poyezd «Bishkek-1» temir yoʻl stansiyasiga yetib keldi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan birodar qirgʻiz xalqini qoʻllab-quvvatlash aksiya tadbiri doirasida Qirgʻiz Respublikasiga 3000 tonna bugʻdoy va ixtisoslashtirilgan shifoxonalarning bitta partiyasidan iborat gumanitar yuk yuborilgan edi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov isteʼfoga chiqqanini eʼlon qildi

Dushanbe shahridagi ilmiy-amaliy anjumanda Oʻzbekiston va Tojikiston aqliy markazlari hamkorlik oʻrnatish haqida kelishib olishdi (+video)

Oʻzbekiston yashash uchun eng arzon mamlakatlar orasida 130-oʻrinni egalladi

