# Ўзбекистон
391 ta material

May oyida “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi qonuni kuchga kiradi
Qonunda maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish, uning faoliyat koʻrsatish muddatini uzaytirish, chegaralarini oʻzgartirish va uni tugatish tartibi koʻrsatib oʻtilgan.

Xorijiy sayyohlar oqimiga xizmat koʻrsatish uchun Oʻzbekistonga aviareyslar soni yetishmayapti
Bu haqda Aziz Abduxakimov Toshkentda boʻlib oʻtayotgan Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum (UAALF-2020) xalqaro aviatsiya forumida gapirib oʻtdi. Ushbu 19-20 fevral kunlari oʻtkaziladigan ikki kunlik tadbirga dunyoning 130ga yaqin xalqaro tashkiloti jalb qilingan.

Sodiq Safoyev: "Iqtisodiy rivojlanish uchun qonun ustuvorligi kerak"
"Oʻzbekiston Respublikasida davlat va jamiyat qurilishining yangi bosqichi, mamlakatni demokratik modernizatsiyalashda parlament va hokimlik vakillik organlarining rolini oshirish" mavzusidagi xalqaro konferensiyada Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev soʻzga chiqdi.

Xususiy tibbiyot tashkilotlari rivojlantiriladi
Prezident qarori bilan “Asaka” bank xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash uchun

Oʻzbekiston aholisi 34 million kishidan oshdi
Oʻzbekiston aholisi soni oshdi. 18 fevral kuni holatiga koʻra 34 mln kishidan oshgan.

Arab kompaniyasi "Chorsu" mehmonxonasi 16,9 mlrd soʻmga sotib oldi
Uzoq vaqtdan buyon foydalanilmayotgan Toshkentdagi "Chorsu" mehmonxonasi nihoyat sotildi. 10 soatga yaqin davom etgan auksionda BAAda joylashgan Ittihad International Investment LLC kompaniyasi gʻolib boʻldi.

1 avgustgagacha litsenziya berish elektron tizimga oʻtadi
Shavkat Mirziyoyev Axborot texnologiyalari va kommuni-katsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligiga joriy yil 1 avgustga qadar litsenziya berish bilan bogʻliq barcha jarayonlarni toʻliq avtomatlashgan yagona elektron tizimini ishga tushirish vazifasini qoʻydi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti kutubxonasining ochilish marosimida qatnashadi
Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga koʻra Turkiya boradi. Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari hamraisligida ikki tomonlama Strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishida qatnashadi.

Innovatsiya vazirligi va “Skolkovo”: Toshkentda startap-turdan MDH mamlakatlarining innovatsion hamkorligigacha
2020 yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi oʻz faoliyatida ikki asosiy yoʻnalish — iqtisodiyotni raqamlashtirish hamda matematika, kimyo, biologiya va geologiya sohalarida ilm-fanni rivojlantiriladi.

UzAuto Motors avtomobillarini Chevrolet brendi ostida eksportga chiqarishni boshlaydi
2020 yilning mart oyidan boshlab Chevrolet brendi ostida taqdim etiladigan dastlabki modellar Spark, Nexia va Cobalt eksportga chiqariladi.

Oʻzbekiston va Boshqirdiston quruq meva mahsulotlarini yetkazib berish uchun sharnoma imzoladi
Boshqirdiston Respublikasi Savdo va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Davlat Qoʻmitasidan kelgan delegatsiya Oʻzbekiston bilan 1.8 mln dollarlik shartnoma imzoladi.

Birja orqali 1,5 mln dollarlik paxta tolasi eksport qilindi
Joriy yilda 1534 tonna paxta tolasi eksportga sotildi. Paxta tolasining 1 va 5 navlari BAA va Turkiyaga eksport qilingan.

Turkompaniyalar va mehmonxonalarni sertifikatsiyalash bekor qilinishi mumkin
Turistik biznes vakillari ishtirok etgan APTA Networking Club—2020 uchrashuvida Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Abdulaziz Oqqulov Turizm sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalarni sertifikatsiyadan oʻtkazishni bekor qilinishi mumkinligi haqida aytib oʻtgan.

Toshkentda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga oid xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi
Mamlakatni demokratik modernizatsiyalashda parlament va hokimiyatning vakillik organlari rolini oshirish masalalariga bagʻishlangan xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi. Konferensiyada innovatsiyalar va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish vazifalarini manzilli hal etish jarayonida parlament samaradorligini taʼminlashning taʼsirchan mexanizmlarini joriy qilishga doir takliflar ishlab chiqiladi.

Polsha Hukumati Oʻzbekistondan malakali ishchilarni jalb qilmoqchi
Varshava shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Polsha Oila, mehnat va ijtimoiy siyosat vaziri bilan uchrashdi. Uchrashuvda M.Malag Polsha Hukumati xorijiy mamlakatlar, xususan, Oʻzbekistondan malakali ishchilarni jalb qilishga qiziqish bilan qarayotganini alohida taʼkidlagan.

Toshkentda Fix Price doʻkonlar tarmogʻi ochilishi mumkin
“Best Prays” MChJ Oʻzbekistonda tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza topshirgan. Ayni vaqtda Toshkentda xodimlarni saralab olish ishlari boshlangan.

Talabalar biznes rejalarini amalga oshiruvchi biznes inkubator ishga tushdi
Talabalarga biznes rejalarini amalga oshirishga koʻmaklashuvchi "YE Generator" biznes-inkubatori ish boshladi.

Oʻzbekistonlik 6 yoshli Muhammadyusuf Butunrossiya musobaqasida gʻolib boʻldi
Mental arifmetika boʻyicha V Butunrossiya musobaqasida oʻzbekistonlik Muhammadyusuf Anvarov munosib oʻrin bilan taqdirlandi. U 4 yoshidan buyon mental arifmetika bilan shugʻullanib keladi.

Maktab oʻquvchilari oʻrtasida robototexnika tanlovi oʻtkaziladi
Joriy yilning iyun oyida Muhammad al-Xorazmiy nomli ixtisoslashtirilgan maktabda robototexnika tanlovining final bosqichi boʻladi. Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlganlar fevral soʻnggiga qadar anketa toʻldirishlari talab qilinadi.

Konsullik roʻyxatidan elektron tarzda oʻtish imkoni yaratildi
Xorijda doimiy yashayotgan yoki vaqtincha boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun interaktiv konsullik xizmatlari orqali konsullik roʻyxatidan oʻtish imkoni yaratildi.

Shavkat Mirziyoyev: Bozor boʻlmasa, eksport ham boʻlmaydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektorda meva-sabzavotchilik va uzumchilik klasterlari faoliyatini samarali tashkil qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori lavozimidan ketdi
2018 yildan buyon “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori lavozimi faoliyat olib borayotgan Dilorom Tashmuxamedova lavozimidan ozod qilindi.

Orolga sayyohlar sonini koʻpaytirish uchun “Oroldagi bogʻim” loyihasi amalga oshiriladi
Prezident qaroriga koʻra Orolda agro va ekoturizm loyihasi amalga oshiriladi. Loyiha uchun oʻrmon fondi yerlaridan yer maydonlari ajratiladi.

Oʻzbekiston Xitoyga gumanitar yordam yuboradi
Koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish yuzasidan Oʻzbekiston Xitoyga insonparvarlik yordamini koʻrsatadi. Prezident farmoyishiga koʻra 6 xil turdagi tibbiy buyumlar yuboriladi.

Markaziy bank oltin va kumush tangalar yangi narxini belgiladi
Markaziy bank oltin va kumush tangalarni 12 fevraldan yangi narxlarda chiqardi. Esdalik tangalarning ogʻirligi 31,1 gramm.
