| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi65 marta oʻqildi

Konsullik roʻyxatidan elektron tarzda oʻtish imkoni yaratildi

Xorijda doimiy yashayotgan yoki vaqtincha boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun interaktiv konsullik xizmatlari orqali konsullik roʻyxatidan oʻtish imkoni yaratildi.

Konsullik roʻyxatidan elektron tarzda oʻtish imkoni yaratildi

“Xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning konsullik roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Buyruq bilan tasdiqlangan yoʻriqnomaga koʻra, endilikda xorijda doimiy yashayotgan yoki vaqtincha boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun interaktiv konsullik xizmatlari “www.consulate.mfa.uz” veb-portali orqali ham doimiy yoki vaqtincha konsullik roʻyxatidan oʻtish imkoni yaratildi.

Bunda, konsullik roʻyxatidan oʻtish uchun kerak boʻlgan hujjatlarning “PDF” formatda skaner qilingan nusxalari tizimga joylashtiriladi.

Hujjatlar taqdim etilgan vaqtning oʻzida konsullik mansabdor shaxsi portal orqali roʻyxatga olingan shaxslarning elektron pochta manziliga konsullik roʻyxatiga olinganlik toʻgʻrisidagi tegishli xabarnomani joʻnatadi.

Buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ