Toshkentda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga oid xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi
Mamlakatni demokratik modernizatsiyalashda parlament va hokimiyatning vakillik organlari rolini oshirish masalalariga bagʻishlangan xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi. Konferensiyada innovatsiyalar va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish vazifalarini manzilli hal etish jarayonida parlament samaradorligini taʼminlashning taʼsirchan mexanizmlarini joriy qilishga doir takliflar ishlab chiqiladi.

18 fevral kuni Toshkent shahrida "Oʻzbekiston Respublikasida davlat va jamiyat qurilishining yangi bosqichi, mamlakatni demokratik modernizatsiyalashda parlament va hokimiyatning vakillik organlari rolini oshirish" mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining axborot xizmati xabar qilmoqda.
Konferensiyada yetakchi konsalting kompaniya rahbarlari ham ishtirok etadi
Xalqaro konferensiyada Oliy Majlis Senati aʼzolari va Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari, vazirlik va idoralar, sud tizimi, huquqni himoya qilish organlari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik missiyalar va xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar, yetakchi konsalting kompaniyalar rahbarlari ishtirok etadi.
Konferensiyada taklif va tavsiyalar koʻrib chiqiladi
Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida belgilangan maqsadlardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda islohotlarni amalga oshirish, shuningdek, taʼlim, fan, innovatsiyalar va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish vazifalarini manzilli hal etish jarayonida parlament samaradorligini va mahalliy hokimiyat organlari faolligini taʼminlashning taʼsirchan mexanizmlarini joriy qilishga doir takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish nazarda tutilgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

