Oʻzbekiston va Boshqirdiston quruq meva mahsulotlarini yetkazib berish uchun sharnoma imzoladi
Boshqirdiston Respublikasi Savdo va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Davlat Qoʻmitasidan kelgan delegatsiya Oʻzbekiston bilan 1.8 mln dollarlik shartnoma imzoladi.

Boshqirdiston Respublikasi Savdo va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Davlat Qoʻmitasi raisi Aleksey Gusev boshchiligidagi delegatsiyasining Samarqand viloyatiga tashrifi chogʻida 1.8 mln. dollarlik shartnoma imzolandi. Bu haqda SSP matbuot xizmati xabar qilgan.
Tashrif doirasida Delegatsiya vakillari Samarqand viloyatida faoliyat koʻrsatuvchi ishlab chiqarish korxonalari, intensiv bogʻlar va meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonalari faoliyati bilan tanishtirilgan.

Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasida boʻlib oʻtgan uchrashuv doirasida Oʻzbekistonning “Siyob Shavkat Orzu” fermer xoʻjaligi va Boshqirdistonning “Sentr Pitaniya” MChJ korxonalari oʻrtasida quruq meva mahsulotlarini yetkazib berish yuzasidan 1.8 mln. dollarlik shartnoma imzolangan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

