| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi

Turkompaniyalar va mehmonxonalarni sertifikatsiyalash bekor qilinishi mumkin

Turistik biznes vakillari ishtirok etgan APTA Networking Club—2020 uchrashuvida Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Abdulaziz Oqqulov Turizm sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalarni sertifikatsiyadan oʻtkazishni bekor qilinishi mumkinligi haqida aytib oʻtgan.

Turkompaniyalar va mehmonxonalarni sertifikatsiyalash bekor qilinishi mumkin

Turizm sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalarni sertifikatsiyadan oʻtkazishni bekor qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda turistik biznes vakillari ishtirok etgan APTA Networking Club—2020 uchrashuvida Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Abdulaziz Oqqulov maʼlum qildi, deb yozmoqda Spot.

Oqilov bu orqali turistlarga xizmat koʻrsatish sifati oshishini taʼkidlamoqda

Ushbu ruxsat berish hujjatlari sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar oʻrtasida raqobatni oshirish yoʻli bilan bekor qilinadi. Oqqulovning aytishicha, bu turistlarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatining oshishini taʼminlaydi.

"Ayni vaqtda ushbu yoʻnalishdagi nazorat organi Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi qoshidagi turistik xizmatlarni Sertifikatsiyalash markazi hisoblanadi. Ushbu tashkilot faoliyatini qayta koʻrib chiqib, markaz asosiy vazifasi nafaqat turoperatorlar, mehmonxonalar, balki turistlarga xizmatlar koʻrsatuvchi barcha kompaniyalarda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi inspeksiyaga aylantiriladi. Ushbu ishlarni amalga oshirishga taxminan bir yoki ikki yil vaqt kerak boʻladi", deydi Abdulaziz Oqqulov.

Sifatsix xizmat koʻrsatgan mehmonxona ballar yoʻqotadi

Qoʻmita rahbariyati sifat nazorati turistlar qoʻygan baholarga asoslanadi. Inspeksiya servislarni yaxshilagan kompaniyalarni ragʻbatlantirish uchun ular reytingini tuzadi.

Sifatsiz xizmat koʻrsatayotgan mehmonxona yoki turkompaniyalar reytingda ballar yoʻqotadi va ushbu roʻyxatda pastlaydi.

Turagentliklarni sertifikatsiya majburiyatidan ozod qiluvchi hujjat qabul qilinadi

Shuningdek, Abdulaziz Oqqulov yaqin vaqt ichida turagentliklarni sertifikatsiya majburiyatidan ozod qilish boʻyicha hujjat qabul qilinishini ham maʼlum qildi.

"Kelajakda turoperatorlar va mehmonxonalar sertifikat olishining majburiyligi bekor qilinadi. Rivojlangan raqobat sharoitlarida, masalan, ikkita mehmonxona mijoz uchun yana ham sifatli xizmat koʻrsatish uchun kurashayotgan vaqtda davlat ruxsat etuvchi hujjatlar berish yoʻli bilan kompaniyalar ishiga aralashmasligi lozim", deydi Oqqulov.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ