| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi95 marta oʻqildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti kutubxonasining ochilish marosimida qatnashadi

Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga koʻra Turkiya boradi. Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari hamraisligida ikki tomonlama Strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishida qatnashadi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti kutubxonasining ochilish marosimida qatnashadi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan 19-20 fevral kunlari mazkur mamlakatda boʻladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Anqara shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari hamraisligida ikki tomonlama Strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, taʼlim, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda hamkorlikning holati va istiqbollari koʻrib chiqiladi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar boʻyicha fikr almashiladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashadi, Turkiya Prezidenti kutubxonasi majmuasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ