# Президент
58 ta material

Chekka hududlardagi qishloq vrachlik punktiga ishga kirgan tibbiyot xodimlariga 30 million soʻm miqdorida bir martalik pul mablagʻi beriladi
Chekka hududlardagi birlamchi boʻgʻin tibbiyot tizimi uchun “Qishloq shifokori” dasturi joriy qilinadi. Bu dasturga muvofiq chekka hududlardagi birlamchi boʻgʻinga ishga kirgan tibbiyot xodimlari xizmat uyi bilan taʼminlanadi yoki ijara toʻlovi kompensatsiya qilinadi.

Shavkat Mirziyoyev: Tibbiyot xodimlari ularga tegishli boʻlmagan birorta qoʻshimcha ishlarga jalb qilinmaydi

Prezident Shveysariya bilan hamkorlikda ochilgan yangi korxonani borib koʻrdi (foto)

Koronavirusdan kasallangan bemorlarni davolashda koʻmaklashish uchun Germaniyadan mutaxassislar kelishi kutilmoqda

Jahon banki 30 yil muddatga shartlar asosida 500 mln dollar mablagʻ ajratadi

Prezident huzurida Jahon banki kredit mablagʻlari asosida amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi
Shavkat Mirziyoyev raisligida 6 avgust kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida Jahon banki tomonidan ajratilgan 500 million dollar kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish boʻyicha shakllantirilgan loyihalar muhokama qilindi. Kredit mablagʻining 65 million dollari evaziga zamonaviy agrologistika markazlari va komplekslarini tashkil qilish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Prezident Jamshid Qoʻchqorov va Sardor Umurzoqov zimmasiga masʼuliyatli vazifa yukladi
Shavkat Mirziyoyev 5 avgust kuni energetika, transport, kommunal xoʻjalik va tibbiyot sohalarida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent va Toshkent viloyati tumanlari hududlarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqdi (+foto)
Poytaxtdan Toshkent viloyatiga 1010 gektar, viloyatdan poytaxtga 8371 gektar yer maydoni oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Prezident Behzod Musayevga bir hafta muddatda vaksinani xarid qilish va mamlakatimiz aholisi vaksinatsiyasini amalga oshirish yoʻllarini puxta oʻrganib chiqish topshirigʻini berdi
Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev navbatdagi videoselektor yigʻilishida Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya, Rossiya farmatsevtika kompaniyalari yaqin vaqt ichida vaksina ishlab chiqarishni boshlashi haqida xabar qilinayotgani haqida gapirdi va Bosh vazir oʻrinbosari Behzod Musayevga yetakchi olimlar va tajribali shifokorlar bilan maslahatlashgan holda, mamlakatimiz aholisi vaksinatsiyasini amalga oshirish yoʻllarini puxta oʻrganib chiqish topshirigʻi berildi.

Prezident: Musa Yerniyazov qahramon, xalqning qahramon rahbari edi (foto)
Nukus shahrida Oʻzbekiston Qahramoni Musa Yerniyazovning vafoti munosabati bilan taʼziya marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, marhumning oila aʼzolariga, xalqimizga chuqur hamdardlik bildirdi. Musa Yerniyazov ulkan rahbarlik qobiliyati, insoniy fazilatlari bilan hurmat qozongani taʼkidlandi.

Prezident videoselektor yigʻilishida bir qancha topshiriqlar berdi
Suv xoʻjaligi vazirligiga 2025 yilga qadar sohani toʻliq raqamlashtirish, jumladan, suvni nazorat qilish va hisobini onlayn tarzda yuritish boʻyicha dasturiy mahsulot ishlab chiqish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

2021 yil yakunigacha 3 ming gektarda plantatsiya shaklida intensiv bogʻlar barpo etiladi
Kelgusi uch yilda viloyatda qariyb 120 ming gektarga yaqin yer oʻzlashtirilishi, bogʻ va tokzorlar tashkil qilinib, moyli ekinlar ekilishi rejalashtirilmoqda.

Prezident amaldagi karantin cheklovlarini uzaytirish taklifiga rozilik bildirdi
Kasallik yuqtirilishining oldini olish, oʻlim holatlarini keskin kamaytirish maqsadida Respublika maxsus komissiyasining amaldagi karantin cheklovlarini uzaytiriladi.

Prezident masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga obligatsiyalar chiqarish huquqini berishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi
Ushbu qonunning qabul qilinishi davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish imkonini beradi.

Prezident topshirigʻi: Test topshirish jarayoni qayta koʻrib chiqiladi
Shavkat Mirziyoyev Sogʻliqni saqlash vaziriga bir kun muddatda amaldagi test-tahlil topshirish jarayonini qayta koʻrib chiqib, aholi uchun qulay tizimni ishlab chiqishni buyurdi.

Prezidentning ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF–5177-son Farmoniga jismoniy shaxslar chet el valyutasini tijorat banklari orqali erkin sotishi va sotib olishi hamda sotib olingan mablagʻlarni hech qanday cheklovlarsiz tasarruf etishi mumkinligi haqidagi norma kiritildi.

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga joʻnab ketdi
Prezident tashrif davomida viloyatning qator tumanlarida boʻladi.

Shavkat Mirziyoyev: Bu – bizning umumiy tariximiz, umumiy gʻalabamiz
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga keldi. Moskva shahridagi "Vnukovo" aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Hukumatining rasmiy shaxslari kutib oldi. Tashrif dasturiga muvofiq, bugun kechqurun, 23 iyun kuni Kremlda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Prezident qurilish materiallari, avtomobilsozlik hamda oziq-ovqat sanoatlariga alohida eʼtibor qaratish boʻyicha koʻrsatmalar berdi
9 iyun kuni milliy iqtisodiyot barqarorligini taʼminlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda sanoatni rivojlantirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Toshkent halqa avtomobil yoʻligacha yangi koʻcha quriladi
Choʻponota koʻchasi va Kichik halqa yoʻli kesishmasida 583 metrlik yoʻl oʻtkazgich barpo etiladi. Bu yoʻl soatiga 3 mingta transport vositasini oʻtkazish quvvatiga ega boʻladi.

Prezident topshirigʻi: Oilaviy tadbirkorlik qilish uchun kreditlar ajratish soddalashtiriladi
Joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlariga 4 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirilmoqda.

Jahon maʼlumot bazalarida Oʻzbekistonning tarmoq indikatorlari toʻliq aks etmagan
Prezident 1 iyun kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda statistik kuzatuv maʼlumotlari 20 yil avval joriy etilgan dasturiy taʼminotdan foydalanilayotganini tanqid qildi. Davlat statistika qoʻmitasiga bir qator sohalar statistikasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ishlab chiqish vazifasi qoʻydi.

1 ming 400 ga yaqin davlat aktivlarini xususiy investorlarga beriladi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tarmoq rahbarlari bilan birga samarasiz ishlayotgan 711 ta korxonani tugatiladi.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari telefon orqali suhbatlashdi
Prezidentlar telefon orqali muloqot chogʻida yangi xatarlar va umumiy tahdidlarni yengib oʻtish uchun yaqin hamkorlikni davom ettirish muhim ekanini taʼkidladilar.

Propiska toʻgʻrisidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi
Davlat tashkilotida 5 yil ishlaganlar nafaqat oʻzlari balki oila aʼzolarini ham Toshkent shahriga doimiy propiskaga qoʻyishi mumkin. Bu haqdagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
