Prezident topshirigʻi: Oilaviy tadbirkorlik qilish uchun kreditlar ajratish soddalashtiriladi
Joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlariga 4 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirilmoqda.

3 iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Maʼlumki, karantin choralarini yumshatish natijasida 17 mingdan ziyod sanoat va 10 mingta qurilish sohasidagi korxonalar faoliyati tiklandi. Lekin ularning koʻpida mablagʻ oqimlari karantingacha boʻlgan davrdagiga nisbatan 3 baravar kamayib ketgan.
Markaziy bankka hisob-varagʻida pul aylanmasi yetarli boʻlmagan korxonalar muammolarini aniqlab, ularga koʻmaklashish boʻyicha koʻrsatma berildi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida 300 ming aholini jamoat ishlariga jalb qilish, 265 ming nafarini ishga joylashtirish, jumladan, vazirlik jamgʻarmasi hisobidan shaxsiy tomorqalarga 36 milliard soʻm subsidiya ajratish orqali 18 ming kambagʻal aholi bandligini taʼminlash imkoniyati borligi koʻrsatib oʻtildi.

1 oktyabrga qadar tirikchilik uchun eng zarur boʻlgan isteʼmol savatchasi ishlab chiqiladi
Pandemiya oqibatlarini yumshatish maqsadida “Har bir oila – tadbirkor” davlat dasturiga qoʻshimcha 1 trillion soʻm mablagʻ ajratildi. Umuman aytganda esa, joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlariga 4 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirilmoqda.
Prezident topshirigʻiga koʻra, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar ajratish soddalashtirildi.
Ushbu mablagʻlarni samaradorligi yuqori va kafolatlangan ish oʻrinlari yaratadigan kichik ishlab chiqarish loyihalariga yoʻnaltirish muhimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, hunarmandchilik uchun bugungi kunga qadar 190 milliard soʻm ajratilgan. Ammo Navoiy, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlarida bu mablagʻlarning oʻzlashtirish surʼati tanqid qilindi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

