| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat2 daqiqada oʻqiladi61 marta oʻqildi

1 ming 400 ga yaqin davlat aktivlarini xususiy investorlarga beriladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tarmoq rahbarlari bilan birga samarasiz ishlayotgan 711 ta korxonani tugatiladi.

1 ming 400 ga yaqin davlat aktivlarini xususiy investorlarga beriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 may kuni turizm va davlat aktivlarini xususiylashtirish sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Raqobat – iqtisodiyotning muhim asoslaridan biri. U mahsulot va xizmatlarda sifatni taʼminlab, aholiga tanlov imkoniyatini yaratadi. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish va monopoliyaga qarshi kurashish boʻyicha koʻrilayotgan choralardan maqsad ana shu.

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida hamda unga muvofiq 2019 yil 14 yanvarda qabul qilingan “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmonida shu borada aniq vazifalar belgilangan edi.

Bugungi kunda mamlakatimizda 2 ming 965 ta davlat ishtirokidagi korxona mavjud. Ularning aksariyati eski usulda, samarasiz ishlamoqda. Ushbu korxonalarning yarmidan koʻpi hatto dividend toʻlash imkoniga ega emas.

2019 yil 11 dekabr kuni Prezident huzurida oʻtkazilgan yigʻilishda ushbu korxonalarni bozor prinsiplari asosida isloh qilish, xususiy investorlarga sotish boʻyicha topshiriqlar berilgan edi. Shundan kelib chiqib, respublika boʻyicha yalpi xatlov oʻtkazildi.

Yil boshidan beri 299 ta davlat aktivlari 348 milliard soʻmga sotildi. Yangi investorlar ushbu obʼyektlarga jami 3,3 trillion soʻm investitsiya kiritib, 4 ming 700 nafar yangi ish oʻrinlari yaratish majburiyatini olgan.

Xususan, sobiq “Chorsu” mehmonxonasi, “Samarqandkimyo” korxonasi, “Oʻzbekiston” mehmonxonasidagi davlat ulushi, Qoʻngʻirot soda zavodi sotildi. Bu obʼyektlarga 425 million dollar investitsiya kiritilib, 800 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Taqdimotda davlat aktivlarini xususiylashtirish, boʻsh turgan obʼyektlar va yer maydonlarini aniqlash hamda ulardan samarali foydalanish, davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruvni joriy etishga doir rejalar haqida maʼlumot berildi.

Prezident sohadagi ishlarni davom ettirib, yana 1 ming 400 ga yaqin davlat aktivlarini xususiy investorlarga berishni tezlashtirish zarurligini taʼkidladi. Vazirlar Mahkamasiga xususiylashtirish dasturini tasdiqlash vazifasi qoʻyildi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tarmoq rahbarlari bilan birga samarasiz ishlayotgan 711 ta korxonani tugatish, 262 ta korxonani qayta tashkil etish, shuningdek, 500 dan ziyod bozorlarni xususiylashtirish boʻyicha topshiriq berildi. Davlat ixtiyorida saqlab qolinadigan korxonalarni boshqarish va isloh qilish boʻyicha yangi tizim joriy etish muhimligi qayd etildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ