| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi104 marta oʻqildi

Prezidentning ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF–5177-son Farmoniga jismoniy shaxslar chet el valyutasini tijorat banklari orqali erkin sotishi va sotib olishi hamda sotib olingan mablagʻlarni hech qanday cheklovlarsiz tasarruf etishi mumkinligi haqidagi norma kiritildi.

Prezidentning ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritildi

8 iyul kuni Prezidentning ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritildi. Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarning eksport-import hamda boshqa valyuta operatsiyalari boʻyicha xorijiy valyutadagi mablagʻlari harakati ustidan nazorat qiluvchi organlar qatoriga Hisob palatasi ham kiritildi. Oʻz navbatida, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ushbu organlar qatoridan chiqarildi.

Shuningdek, xorijiy olim, oʻqituvchi va mutaxassislarning mehnatiga haq toʻlash ularning xohishiga koʻra milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazgan holda chet el valyutasida amalga oshiriladi.

Ilgari ularning mehnatiga haq toʻlash mehnat shartnomasida belgilangan miqdorda erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF–5177-son Farmoniga jismoniy shaxslar chet el valyutasini tijorat banklari orqali erkin sotishi va sotib olishi hamda sotib olingan mablagʻlarni hech qanday cheklovlarsiz tasarruf etishi mumkinligi haqidagi norma kiritildi.

Ilgari Oʻzbekistonning rezidenti boʻlgan jismoniy shaxslar chet el valyutasini tijorat banklarining konversion boʻlimlarida sotib olingan mablagʻlarni xalqaro toʻlov kartalariga oʻtkazishi orqali sotib olishi va chet elda hech qanday cheklovlarsiz ishlatishi mumkin edi.

Farmon bilan kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, qator vazirlik va idoralarga malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish va ularga ish haqini milliy valyutada yoki xorijiy hisobvaraqlariga oʻtkazgan holda chet el valyutasida amalga oshirish huquqi berildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ