| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi335 marta oʻqildi

Propiska toʻgʻrisidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi

Davlat tashkilotida 5 yil ishlaganlar nafaqat oʻzlari balki oila aʼzolarini ham Toshkent shahriga doimiy propiskaga qoʻyishi mumkin. Bu haqdagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Propiska toʻgʻrisidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi

“Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida” Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra:

  • «doimiy propiska» tushunchasi oʻrniga «doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish» tushunchasi kiritildi;

  • fuqarolarga nafaqat birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari yashab turgan manzilga, balki ularning egaligida boʻlgan boshqa manzildagi uy-joy maydoniga ham doimiy roʻyxatga turish mumkin boʻldi;

  • oilaga tarbiyaga olingan (patronat) bolalar – tutingan ota-onaning doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinadi;

  • er-xotinning nikohdan keyin 1 yil davomida birgalikda yashash sharti va 1 yil ichida nikoh bekor qilinganda propiska yoʻqotilishi haqidagi qoidalar chiqarildi;

  • Toshkent shahri va viloyatida joylashgan davlat tashkilotlarida 5 yil muddat mobaynida uzluksiz mehnat faoliyatini olib borayotgan mutaxassislar (texnik, xizmat koʻrsatuvchi va ishlab chiqarish xodimlaridan tashqari), shuningdek, ularning oila aʼzolari mazkur hududlarda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinadigan boʻldi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ