| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi62 marta oʻqildi

Prezident masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga obligatsiyalar chiqarish huquqini berishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

Ushbu qonunning qabul qilinishi davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish imkonini beradi.

Prezident masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga obligatsiyalar chiqarish huquqini berishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

Joriy yilning 22 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi va boshqa bir qator qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi “Oʻzbekiston Rsepublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunni imzoladi.

Mazkur cheklovlar soʻnggi yillarda muomaladagi korporativ obligatsiyalar soni va hajmining keskin kamayishiga sabab boʻldi.

Ushbu qonunning qabul qilinishi mamlakatda biznes yuritish muhitini yanada yaxshilash, respublika iqtisodiyotiga aholi va investorlar boʻsh mablagʻlarini keng va faol jalb qilish, shu tariqa real sektor korxonalarining davlat kafolati va bank kreditlariga bogʻliqligini kamaytirish (bank sektoriga yuk kamayadi), shuningdek, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish imkonini beradi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ