| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi58 marta oʻqildi

Prezident Shveysariya bilan hamkorlikda ochilgan yangi korxonani borib koʻrdi (foto)

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanidagi “Prof- Milk” qoʻshma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Prezident Shveysariya bilan hamkorlikda ochilgan yangi korxonani borib koʻrdi (foto)

Mamlakatimizda chorvachilik bilan birga goʻsht va sutni qayta ishlash tarmogʻi kompleks rivojlantirmoqda. Xususan, bugungi kunda sutni qayta ishlovchi 600 dan ziyod korxona faoliyat koʻrsatmoqda. Ularda tayyorlanayotgan sara mahsulotlar elimiz dasturxonidan joy oldi, xorijga ham eksport qilinyapti.

“Prof-Milk” qoʻshma korxonasi shu oyda ishga tushirildi. Loyiha qiymati 3 million dollar boʻlgan ushbu majmua Shveysariyaning “Tanotrade” kompaniyasi va «Toshelektroapparat» xususiy korxonasi hamkorligida zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi. Bu yerda 50 kishi ish bilan band.

Bu yerda 1,5 ming tonna mahsulot, pishloqning 10 ga yaqin turi ishlab chiqariladi. Joriy yilda esa eritilgan pishloq bu qatorni toʻldirishi rejalashtirilgan.

Prezidentimiz ishlab chiqarish jarayonini koʻzdan kechirdi. Korxonani barqaror xomashyo bilan taʼminlash, mahsulotlar turini koʻpaytirib, yangi bozorlarni oʻzlashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Shu yerda «BARTEC TRADE» kompaniyasi tomonidan import oʻrnini bosuvchi ehtiyot qismlar ishlab chiqarish loyihasi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ