UzAuto Motors avtomobillarini Chevrolet brendi ostida eksportga chiqarishni boshlaydi
2020 yilning mart oyidan boshlab Chevrolet brendi ostida taqdim etiladigan dastlabki modellar Spark, Nexia va Cobalt eksportga chiqariladi.

UzAuto Motors eksport bozorlarida avtomobillarni Chevrolet brendi ostida sotishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.
Ravon savdosi toʻxtaydi
2020 yilning mart oyidan boshlab Rossiya, Qozogʻiston va Belarusda Chevrolet brendi ostida taqdim etiladigan dastlabki modellar Spark, Nexia va Cobalt boʻladi. Ravon brendi ostida avtomobillar savdosi 2020 yilning oʻrtalariga kelib toʻxtaydi.
Dilerlik tarmogʻi mavjud GM Rossiya dilerlari, Ravon dilerlarining bir qismi va Chevrolet vakolatli servis markazlari asosida, ularning geografik joylashuvi va Chevrolet brendi standartlariga muvofiqlik darajasini hisobga olgan holda yaratilgan.
Yagona brend ostida avtomobil sotiladi
“Yagona brend ostida ishlash Oʻzbekistonda avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish va eksport bozorlarida sotishning yangi imkoniyatlarini ochib beradi”, deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, GM Rossiya vakolatli xizmat koʻrsatish markazlari 2015 yilning oxiriga qadar Rossiyada GM/Chevrolet dilerlaridan avtomobil sotib olgan mijozlarga ham xizmat koʻrsatishni davom ettiradi.
Shuningdek, Ravon avtoulovlarini xarid qilgan mijozlar uchun ham UzAuto Motors oʻzining vakolatli servislarida xizmatlarni davom ettiradi.
UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan Chevrolet Spark, Nexia va Cobalt avtomobillarini xarid qilgan mijozlar uchun kafolatlar, shuningdek, barcha xizmat va UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan oʻzining dilerlik tarmogʻi orqali taqdim etiladigan ehtiyot qismlarni sotib olish imkoniyati saqlanib qoladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

