| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi85 marta oʻqildi

Maktab oʻquvchilari oʻrtasida robototexnika tanlovi oʻtkaziladi

Joriy yilning iyun oyida Muhammad al-Xorazmiy nomli ixtisoslashtirilgan maktabda robototexnika tanlovining final bosqichi boʻladi. Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlganlar fevral soʻnggiga qadar anketa toʻldirishlari talab qilinadi.

Maktab oʻquvchilari oʻrtasida robototexnika tanlovi oʻtkaziladi

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining (IT Park) IT-markazi Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida "Revochain Technology" MChJ bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda ilk bor maktab oʻquvchilari oʻrtasida "RoboTech" tanlovini oʻtkazadi.

Ishtirokchilar oʻz robotlarining imkoniyatlarini koʻrsatib berishadi

Tanlov tuman, shahar va viloyat saralash bosqichlaridan tashkil topadi. Ularda gʻolib boʻlgan oʻquvchilar finalga chiqadi va oʻz nominatsiyalarida gʻoliblik uchun kurash olib boradi. Saralash bosqichi gʻoliblari Intro tanlov doirasida aniqlanadi, unda ular oʻz robotlarining imkoniyatlari va afzalliklarini koʻrsatishi kerak. Ishtirokchilar oʻz roboti xaqida soʻzlab beradi va uning imkoniyatlarini namoyish etadi, hayʼat aʼzolarining savollariga javob beradi. Bundan tashqari, ular maxsus "X" topshiriqni bajarishi kerak, uning doirasida oʻz robotlari uchun dastur yozishi va avvaldan uning dasturiy taʼminotida koʻzda tutilmagan funksiyalarni bajarish buyrugʻini berishi zarur boʻladi.

Tanlov iyun oyida oʻtkaziladi

2020 yilning iyun oyida boʻlib oʻtadigan tanlovning final bosqichida viloyat saralash bosqichlarining 14 eng yaxshi jamoasi ishtirok etadi. Ular shu kabi tanlovlar uchun anʼanaviy hisoblangan uchta yoʻnalishning bittasi boʻyicha bahslashadi.

Tanlovda ishtirok etish tekin

Taʼkidlash joizki, tanlovda ishtirok etish bepul. Shu sababli "RoboTech"da 8-sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan maktab oʻquvchilari ishtirok etishi mumkin. Buning uchun 2020 yil 29 fevralgacha http://bit.ly/robofest_uzb manzili boʻyicha elektron anketani toʻldirish kifoya. Tanlovning final bosqichi Muhammad al-Xorazmiy nomli ixtisoslashtirilgan maktabda boʻlib oʻtadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ