Polsha Hukumati Oʻzbekistondan malakali ishchilarni jalb qilmoqchi
Varshava shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Polsha Oila, mehnat va ijtimoiy siyosat vaziri bilan uchrashdi. Uchrashuvda M.Malag Polsha Hukumati xorijiy mamlakatlar, xususan, Oʻzbekistondan malakali ishchilarni jalb qilishga qiziqish bilan qarayotganini alohida taʼkidlagan.

Oʻzbekiston Polshaga mehnat bozorida ishtirok etishda yengillashtirilgan imkoniyatlar berilgan davlatlar roʻyxatiga kiritish taklifi bilan chiqdi.
Taklif Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovning Polsha Oila, mehnat va ijtimoiy siyosat vaziri M.Malag bilan uchrashuvida bildirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Oʻzbekiston uchrashuvda taqdimot oʻtkazdi
Uchrashuvda Oʻzbekiston tomoni Oʻzbekistonning ishchi kuchi salohiyati, respublikaning demografik tendensiyasi, mehnat bozorining hozirgi holati, ishchi kasblar boʻyicha malakali mutaxassislar tayyorlash boʻyicha mavjud imkoniyatlar toʻgʻrisida batafsil taqdimot oʻtkazdi.
Nozim Husanov Hukumatlararo bitim imzolash taklifini berdi
Shuningdek, Nozim Husanov Oʻzbekiston fuqarolarini Polsha Respublikasiga noqonuniy mehnat migratsiyasini oldini olish uchun Oʻzbekistonni Polsha mehnat bozorida ishtirok etishda yengillashtirilgan imkoniyatlar berilgan davlatlar roʻyxatiga kiritish orqali, tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish maqsadida Hukumatlararo bitim imzolash taklifini bergan.
Polsha parlamenti migratsiya siyosatini tartibga soluvchi qonun ishlab chiqmoqda
M.Malag Polsha Hukumati xorijiy mamlakatlar, xususan, Oʻzbekistondan malakali ishchilarni jalb qilishga qiziqish bilan qarayotganini alohida taʼkidlagan.
Taʼkidlanishicha, bugungi kunda Polsha parlamenti tomonidan migratsiya siyosatini tartibga soluvchi qonun hujjati loyihasi muhokama qilinmoqda.
Uchrashuvda Oʻzbekiston tomonidan berilgan takliflar tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi tizimini joriy etishda asos boʻlib xizmat qilishi koʻrsatib oʻtildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

