| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi109 marta oʻqildi

Oʻzbekistonlik 6 yoshli Muhammadyusuf Butunrossiya musobaqasida gʻolib boʻldi

Mental arifmetika boʻyicha V Butunrossiya musobaqasida oʻzbekistonlik Muhammadyusuf Anvarov munosib oʻrin bilan taqdirlandi. U 4 yoshidan buyon mental arifmetika bilan shugʻullanib keladi.

Oʻzbekistonlik 6 yoshli Muhammadyusuf Butunrossiya musobaqasida gʻolib boʻldi

Moskvada oʻtkazilgan mental arifmetika boʻyicha V Butunrossiya musobaqasida Rossiya va MDH davlatlaridan kelgan 520 dan ortiq 5-14 yoshdagi bolalar oʻzaro bellashdi.

Rossiyaning “UCMAS” – Bolalar mental arifmetikasi markazi tomonidan tashkil etilgan musobaqa shartiga koʻra, ishtirokchilar 8 daqiqa oraligʻida 200 ta arifmetik topshiriqni bajarish vazifasi berildi.

Oʻzbekistonlik 6 yoshli Muhammadyusuf Anvarov bu vaqt oraligʻida 120 ta arifmetik amallarni bajarib, 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

"Muhammadyusuf 6 yoshda, hali maktabga bormagan. U matematika bilan 4 yoshidan buyon shugʻullanadi. 2018, 2019 yillarda ham ushbu musobaqada ishtirok etib, oltin medal bilan taqdirlangan edi", deydi Muhammadyusufning onasi Nozima Anvarova.​

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ