| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi51 marta oʻqildi

Orolga sayyohlar sonini koʻpaytirish uchun “Oroldagi bogʻim” loyihasi amalga oshiriladi

Prezident qaroriga koʻra Orolda agro va ekoturizm loyihasi amalga oshiriladi. Loyiha uchun oʻrmon fondi yerlaridan yer maydonlari ajratiladi.

Orolga sayyohlar sonini koʻpaytirish uchun “Oroldagi bogʻim” loyihasi amalga oshiriladi

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Loyiha orqali sayyohlar oqimi koʻpayadi

Qarorga muvofiq, Orol dengizi qurishi oqibatlarini bartaraf etish hamda sayyohlar sonini koʻpaytirishga qaratilgan “My garden in the Aral Sea” (“Oroldagi bogʻim”) agro va ekoturizm loyihasi amalga oshiriladi.

Loyiha uchun yer ajratiladi

Xalqaro innovatsiya markazining ehtiyojlaridan kelib chiqib, koʻrgazmali tajriba-sinov maydonlarini tashkil etish maqsadida Qoraqalpogʻiston hududidagi zaxira yer maydonlari, Orol dengizining qurigan tubidagi hududdan hamda Orolboʻyi hududidagi oʻrmon fondi yerlaridan yer maydonlari ajratiladi.

Markazga elitadigan transport yoʻlga qoʻyiladi

Nukus shahar Markaziy bozoridan Nukus tumanidagi Xalqaro innovatsiya markazi hududigacha boʻlgan yoʻnalishda muntazam jamoat transporti qatnovi tashkil etiladi.

Maʼlumot uchun, Xalqaro innovatsiya markazi tomonidan “Moʻynoq” va “Samanbay” tajriba-sinov maydonlari tashkil etilgan, shuningdek, shoʻrlanish va qurgʻoqchilikka chidamli choʻl va manzarali oʻsimliklar genofondi shakllantirilib, 13 turdagi oʻsimlik dunyosi obʼyektlari sinovdan oʻtkazilmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ