Xorijiy sayyohlar oqimiga xizmat koʻrsatish uchun Oʻzbekistonga aviareyslar soni yetishmayapti
Bu haqda Aziz Abduxakimov Toshkentda boʻlib oʻtayotgan Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum (UAALF-2020) xalqaro aviatsiya forumida gapirib oʻtdi. Ushbu 19-20 fevral kunlari oʻtkaziladigan ikki kunlik tadbirga dunyoning 130ga yaqin xalqaro tashkiloti jalb qilingan.

19 fevral kuni Toshkent shahrida Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum (UAALF-2020) xalqaro aviatsiya forumi ish boshladi.
Forumni tashkilashtirishda BAA kompaniyasi ham ishtirok etgan
I Xalqaro aviatsiya forumi Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Transport vazirligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, Uzbekistan Airports AJ hamda BAAning Fair Exhibition Organizers kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilgan.
Koʻplab davlatlardan ishtirokchilar qatnashmoqda
UAALF 2020 xalqaro forumida Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Hindiston, Braziliya, Turkiya, Kuvayt, Misr, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya kabi koʻplab davlatlardan 60dan ziyod eksponent, 300 delegat va 1200 mutaxassis, jumladan xorijiy davlatlarning transport vazirliklari rahbarlari, fuqaro aviatsiyasi va aeroportlar boshqaruvi vakillari, yetakchi xalqaro va xorijiy aviakompaniyalar, aeroportlar, aviatsiya hamda transport sohasidagi kompaniyalarning yuqori lavozimli rasmiylari ishtirok etmoqda.
Forumga 130ga yaqin xalqaro tashkilot taklif etilgan
19-20 fevral kunlari oʻtkaziladigan ikki kunlik tadbirga dunyoning 130ga yaqin xalqaro tashkiloti jalb qilingan, xususan, Boing va Jetcraft (AQSH), Air Charter Service (Buyuk Britaniya), Bombardier Business jets (Kanada), TLD (Hindiston), Luftansa Consulting (Germaniya), EGIS (Fransiya), ATR (Ispaniya), Kuwait Airways (Kuvayt), Air Arabia va BGT Events (BAA), Gulf Air (Bahrayn), Korean Air va Asiana Airlines (Janubiy Koreya), Azerbaijan Airlines (Ozarboyjon), Aeroflot va IrAero (Rossiya), Al Masriya (Misr), Zagros Airlines (Eron), Pegasus Airlines va Turkish Airlines (Turkiya), Mitsubishi Corporation, Air Astana (Qozogʻiston) va boshqalar shular jumlasidan.
Forumda soʻzga chiqqan Bosh vazir oʻrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduxakimov Oʻzbekistonga xorijiy sayyohlar oqimiga xizmat koʻrsatish boʻyicha aviareyslar yetishmayotganini haqida gapirdi.
"Hozirda xorijiy sayyohlar oqimiga xizmat koʻrsatish uchun Oʻzbekistonga aviareyslar soni juda kam va ular yetishmayapti. Agar qoʻshimcha reyslar boʻlsa, sayyohlar soni yanada koʻpayadi.
Shu munosabat bilan prezident tomonidan aviatsiyadagi barcha boʻshliqlarni bartaraf etish, ochiq osmon rejimini joriy etish, aeroportlarni, yerusti uskunalarni va navigatsiya tizimini zamonaviy talablarga muvofiq ravishda rekonstruksiya qilish, bu masalada bizga yordam bera oladigan xorijiy aviakompaniyalar hamda sheriklarni jalb qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Shuni yodda tutish kerakki, Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik davlatdir va yaqin kelajakda qitʼalararo aviaqatnovlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha muhim xavfsiz tranzit markazi sifatida "Aviatsiya habi"ga aylanishi mumkin.
Oʻzbekiston qonunchilik darajasida yerusti xizmatlari, aviatsiya xizmatlariga imtiyozlar, subsidiyalar va chegirmalar taqdim etmoqda.
Oʻzbekiston dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan narx raqobatbardoshligini sezilarli darajada yaxshiladi. Hozirgi vaqtda mamlakatda aviatsiya biznesiga investitsiyalar jalb etishga qaratilgan bir qator yangi imtiyozlar ishlab chiqilmoqda.
Ushbu forum oʻtkazilishining sabablaridan biri - sizning yordamingizga ehtiyoj, yaʼni, bizning mamlakatimizda turizmni rivojlantirish, aviatsiya transporti, multimodal tashuvlarni rivojlantirish, turli transport turlarini yagona zanjirga birlashtirish bilan bogʻliq vaziyatni oʻz koʻzingiz bilan koʻrishingizdir", dedi A.Abduxakimov.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

