Oʻzbekiston Xitoyga gumanitar yordam yuboradi
Koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish yuzasidan Oʻzbekiston Xitoyga insonparvarlik yordamini koʻrsatadi. Prezident farmoyishiga koʻra 6 xil turdagi tibbiy buyumlar yuboriladi.

Xitoy Xalq Respublikasiga insonparvarlik yordamini yuborish toʻgʻrisida Prezident farmoyishi qabul qilindi.
Farmoyishga koʻra, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish yuzasidan Xitoy tomonining saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida XXRga quyidagi tibbiy buyumlar shaklida insonparvarlik yordami yuboriladi:
bir martalik steril tibbiy qoʻlqoplar;
himoya qiluvchi kombinezon;
yuz uchun filtrlovchi niqob;
maxsus tibbiy forma;
tibbiy niqoblar;
tibbiy doka.
Yuklarni Oʻzbekiston delegatsiyasi kuzatib boradi
Insonparvarlik yukini kuzatib borish va topshirish uchun XXRga sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari boshchiligida Oʻzbekiston delegatsiyasi yuboriladi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi insonparvarlik yuki shakllantirilishi va yetkazib berilishi uchun masʼul etib belgilandi.
Yordamning ikkinchi partiyasiga ham tayyorgarlik koʻriladi
Insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini tayyorlash maqsadida “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi respublika toʻqimachilik korxonalarida tibbiy niqoblar va himoya kiyimlari tayyorlanishini taʼminlaydi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

