| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi152 marta oʻqildi

Talabalar biznes rejalarini amalga oshiruvchi biznes inkubator ishga tushdi

Talabalarga biznes rejalarini amalga oshirishga koʻmaklashuvchi "YE Generator" biznes-inkubatori ish boshladi.

Talabalar biznes rejalarini amalga oshiruvchi biznes inkubator ishga tushdi

15 fevral kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshida "Young Entrepreneurs Generator" ("YE Generator") nomli biznes-inkubator oʻz faoliyatini boshladi. Shu munosabat bilan uning ochilishiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Tadbirda xorijlik professor-oʻqituvchilar ham ishtirok etdi

Unda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Innovatsion rivojlanish, Moliya vazirliklari, Islom taraqqiyot banki, Savdo-sanoat palatasi mutasaddi xodimlari, MDH Innovatsiyalarni tijoratlashtirish markazi, Qozogʻiston innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish fondi vakillari, tadbirkorlar, Avstriya, Germaniya, Yaponiya va Rossiya professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar va OAV xodimlari ishtirok etdi.

"YE Generator"dan birinchi navbatda TDIU talabalari foydalanadi

"YE Generator"ning eʼtibori birinchi navbatda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalariga qaratiladi, ammo keyinchalik biznes-inkubatorda oʻz ishini boshlamoqchi boʻlgan barcha tadbirkorlar uchun imkoniyatlar yaratiladi.

Talabalar oʻz gʻoyalarini amalga oshiradi

Dastlabki bosqichda talabalarning gʻoyalaridan tayyor biznes-reja shakllantiriladi. Oʻqitish, mentorlik orqali va malakali mutaxassislarning koʻmagida yoshlar oʻz loyihalarini roʻyobga chiqara boshlaydilar.

Yakunlangan biznes reja uchun sarmoya ajratiladi

Biznes-inkubatorda mamlakatimiz va chet elda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar bilan doimiy uchrashuvlar tashkil qilinadi. Yakunlangan va bozorga chiqish uchun tayyor boʻlgan biznes loyihalar mahalliy hamda xorijiy investorlarga namoyish etiladi va sarmoya jalb qilinadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ