| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi60 marta oʻqildi

Sodiq Safoyev: "Iqtisodiy rivojlanish uchun qonun ustuvorligi kerak"

"Oʻzbekiston Respublikasida davlat va jamiyat qurilishining yangi bosqichi, mamlakatni demokratik modernizatsiyalashda parlament va hokimlik vakillik organlarining rolini oshirish" mavzusidagi xalqaro konferensiyada Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev soʻzga chiqdi.

Sodiq Safoyev: "Iqtisodiy rivojlanish uchun qonun ustuvorligi kerak"

Toshkent shahrida "Oʻzbekiston Respublikasida davlat va jamiyat qurilishining yangi bosqichi, mamlakatni demokratik modernizatsiyalashda parlament va hokimlik vakillik organlarining rolini oshirish" mavzusidagi xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.

Konferensiyaning birinchi sessiyasi mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatidagi muhim masalalarni hal etishda parlament va hukumat vakillik organlarining roli, ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish masalalariga bagʻishlandi.

Sessiya doirasida Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev soʻzga chiqdi va soʻnggi yillarda parlamentda kuzatilgan oʻzgarishlarga toʻxtalib oʻtdi.

"Jamiyatimiz oldida turgan strategik maqsad – zamonaviy, barqaror rivojlanib borayotgan ijtimoiy bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat qurish parlamentning rolini yanada oshirishni talab etadi.

Jadal iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash uchun qonun ustuvorligi kerak.

Davlat hokimiyatining aholi oldidagi javobgarligi uning faoliyatining shaffofligidir. Bunga erishish esa, birinchi navbatda, xalq vakillarining faoliyati bilan bogʻliq", dedi S.Safoyev.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ