| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi71 marta oʻqildi

Innovatsiya vazirligi va “Skolkovo”: Toshkentda startap-turdan MDH mamlakatlarining innovatsion hamkorligigacha

2020 yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi oʻz faoliyatida ikki asosiy yoʻnalish — iqtisodiyotni raqamlashtirish hamda matematika, kimyo, biologiya va geologiya sohalarida ilm-fanni rivojlantiriladi.

Innovatsiya vazirligi va “Skolkovo”: Toshkentda startap-turdan MDH mamlakatlarining innovatsion hamkorligigacha

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Skolkovo“ jamgʻarmasi Mintaqaviy rivojlanish va MDH bilan oʻzaro hamkorlik boʻyicha vitse-prezident muovini Aleksandr Okunev boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv doirasida MDHga aʼzo davlatlar innovatsion hamkorligining davlatlararo dasturi vazifalarini amalga oshirish va ushbu dasturning 2030 yilgacha boʻlgan davrdagi maqsadlarini belgilash boʻyicha muhokamalar boʻlib oʻtdi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova Review.uzʼga xabar bermoqda.

2020 yilda iqtisodiyot raqamlashtiriladi

I. Abdurahmonov 2020 yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi oʻz faoliyatida ikki asosiy yoʻnalish — iqtisodiyotni raqamlashtirish hamda matematika, kimyo, biologiya va geologiya sohalarida ilm-fanni rivojlantirish urgʻu berishini aytib oʻtdi.

“Innoweek-2020” Skolkovo rezidentlari taklif etildi

Shuningdek, vazir “Skolkovo” bilan hamkorlik doirasida “Yaklass“ loyihasini ishga tushirilgani va Rossiya Federatsiyasi Innovatsiyalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi bilan qoʻshma startap loyihalar tanlovi eʼlon qilinganini alohida taʼkidladi. Shuningdek, uchrashuvda Skolkovo rezidentlari 2020 yilning kuzida boʻlib oʻtadigan Innovatsion gʻoyalar haftaligi – “Innoweek-2020”da ishtirok etishga taklif qilindi.

Startap-turga Markaziy Osiyo davlatlaridan ham startaplar taklif etiladi

Tomonlar 2020 yilning kuzida Toshkentda oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan “startap-tur“ni tashkil etish boʻyicha ish rejasini muhokama qilishdi. Unda ishtirok etish uchun arizalarning qabuli boʻyicha maʼlumotlar joriy yilning aprel oyida eʼlon qilinishi kutilmoqda. Okunev oʻz navbatida Toshkentda boʻlib oʻtadigan startap-turga Markaziy Osiyo davlatlaridan ham startaplarni taklif etish masalasini oʻrtaga qoʻydi.

Oʻzbekiston kompaniyalarining Rossiya bozoriga chiqishi mumkin

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Respublikasida “Skolkovo“ loyihasida ishtirok etayotgan kompaniyalarning innovatsion ishlanmalarini joriy etish, yangi ish oʻrinlari yaratish, ishlab chiqarish obʼyektlarini ochish, yangi ish oʻrinlarini tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi. Rossiya Savdo-sanoat palatasining innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish jamgʻarmasi boshqaruvchi hamkori Olga Sereda Oʻzbekiston kompaniyalarining Rossiya bozoriga chiqishiga koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ