| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi95 marta oʻqildi

Arab kompaniyasi "Chorsu" mehmonxonasi 16,9 mlrd soʻmga sotib oldi

Uzoq vaqtdan buyon foydalanilmayotgan Toshkentdagi "Chorsu" mehmonxonasi nihoyat sotildi. 10 soatga yaqin davom etgan auksionda BAAda joylashgan Ittihad International Investment LLC kompaniyasi gʻolib boʻldi.

Arab kompaniyasi "Chorsu" mehmonxonasi 16,9 mlrd soʻmga sotib oldi

Toshkentdagi "Chorsu" mehmonxonasi 16,9 milliard soʻmga sotildi. Auksion taxminan soat davom etgan.

Aktivlarni sotib olgan xaridor ikki yil ichida kamida 25 million dollar pul tikishi va 150 ta yangi ish oʻrinlarini yaratishi kerak. Mehmonxona kamida uch yulduzliga aylanishi lozim.

Shuningdek, mehmonxonaning yangi egasi 10 yil davomida asosiy faoliyat turini (mehmonxona xizmati) saqlab qolishi kerak. Mehmonxona kompleksining bir qismiga (umumiy maydonning 50 foizidan oshmagan) biznes-markaz xizmatlarini koʻrsatishga ruxsat etiladi. Agarda binoni buzib tashlash rejalashtirilsa, yangi dizayn orginaliga mos kelishi kerak.

Auksionda shtab-kvartirasi BAAda joylashgan Ittihad International Investment LLC kompaniyasi 16,9 milliard soʻm bilan gʻolib boʻldi. Fajr Mustaqbal General Trading LLC kompaniya esa 16,8 milliard soʻm taklif qildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ