| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi309 marta oʻqildi

Birja orqali 1,5 mln dollarlik paxta tolasi eksport qilindi

Joriy yilda 1534 tonna paxta tolasi eksportga sotildi. Paxta tolasining 1 va 5 navlari BAA va Turkiyaga eksport qilingan.

Birja orqali 1,5 mln dollarlik paxta tolasi eksport qilindi

Joriy yilning boshidan buyon Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasining valyuta savdo maydonchasi orqali umumiy qiymati 1,5 mln. dollarlik 1 534 tonna paxta tolasi eksportga sotildi. Bu esa birja orqali amalga oshirilgan eksportining umumiy qiymatidan 15 foizni tashkil etadi. 2019 yilning mos davri bilan solishtirganda paxtaning birja orqali eksport qilish hajmi 36% ga oʻsgan.

Paxta tolasining sotuvchisi sifatida “Oʻzpaxtasanoat” AJ korxonalari ishtirok etib, ular tomonidan birja savdolari orqali paxta tolasining 1 va 5 navlari Birlashgan Arab Amirligi (BAA) va Turkiyaga sotilgan.

Oʻtkazilgan savdo natijalariga koʻra, bir tonna paxta tolasining oʻrtacha eksport narxi 973,17 dollarini tashkil etdi. Shu jumladan 1-navli paxta tolasining bir tonnasi 1 752,79 dollar va 5-navli paxta tolasining oʻrtacha narxi 859,61 dollarini tashkil etdi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda paxta tolasi uchun jahon birjalarida shakllangan oʻrtacha narxi mahsulotning bir funti uchun 69,4 sent (bir tonnasi 1 530 AQSh dollar) ni tashkil etdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ