| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi97 marta oʻqildi

Eronga Oʻzbekiston gumanitar yordam yuboradi

Koronavirusdan aziyat chekayotgan Eronga Oʻzbekiston insonparvarlik yordami tariqasida tibbiy buyumlar yuboradi.

Eronga Oʻzbekiston gumanitar yordam yuboradi

Eron Islom Respublikasiga insonparvarlik yordamini yuborish toʻgʻrisida Hukumat farmoyishi qabul qilindi.

Farmoyishga koʻra, Eron Islom Respublikasi hukumatining koronavirus kasalligi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur buyum va vositalar bilan taʼminlashda yordam koʻrsatish yuzasidan murojaatini qoʻllab-quvvatlash, ushbu infeksiyaga qarshi kurashish boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakatlarni kuchaytirish maqsadida Eronga quyidagi tibbiy buyumlar shaklida insonparvarlik yordami yuboriladi:

Oʻzbekiston Xitoyga insonparvarlik yordamini yubordi

  • bir martalik steril tibbiy qoʻlqoplar;

  • himoya qiluvchi kombinezon;

  • maxsus tibbiy forma;

  • tibbiy niqoblar;

  • tibbiy doka;

  • tibbiy spirt;

  • gigiyenik gel;

  • “Rutan” tabletkalar.

Insonparvarlik yukini kuzatib borish va topshirish uchun Eronga favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari boshchiligida Oʻzbekiston delegatsiyasi yuboriladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ