Oʻzbekistonda koronavirus bilan bogʻliq ilk holat aniqlandi
15 mart kuni ilk koronavirus yuqtirgan fuqaro aniqlangan. U Fransiyada boʻlib qaytgan.

Joriy yilning 15 mart kuni soat 06:00 da Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiya Respublikasida boʻlib qaytgan 1 nafar Oʻzbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deb xabar bermoqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi matbuot xizmati.
“Hozirda epidemiologik surishtiruv hamda kasallikni tarqalib ketmasligi uchun profilaktik chora-tadbirlar toʻliq amalga oshirilmoqda.
Ushbu holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi”, deyiladi xabarda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

