# Ўзбекистон
391 ta material

Avtomobillar harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma berish toʻxtatildi
Maxsus komissiyasining 2020 yil 8 apreldagi qaroriga asosan, 2020 yil 9 apreldan boshlab avtotransport vositalari harakatlanishiga davlat xizmatlari markazlari tomonidan maxsus ruxsatnoma berish toʻxtatildi.

Oʻzbekistonda 6,76 milliard soʻmdan ziyod soliqlarni toʻlash muddati keyinga qoldirildi
Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida iqtisodiy barqarorlikni va sohalarning uzluksiz ishlashini taʼminlash, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida bir qator soliq imtiyozlari joriy etildi.

YeTTB koronavirus pandemiyasining iqtisodiy oqibatlarini pasaytirish borasida Oʻzbekistonga moliyaviy koʻmak koʻrsatadi
YeTTB tomonidan shakllantirilgan Birdamlik paketi (Paketning umumiy qiymati 1 milliard AQSh dollari miqdorida) hisobidan Oʻzbekistonning 4 ta tijorat banklariga umumiy qiymati 220 million AQSh dollariga teng kredit va savdoni moliyalashtirish liniyalari taqdim etilishi maʼlum qilindi.

Infografika: Oʻzbekistonda 15 martdan 7 aprelgacha COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar soni
7 aprel kuni Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 63 nafarga koʻpayib, kasallar soni 520 kishiga yetgan. 8 aprel soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 534 nafarni tashkil qilmoqda.

1 iyundan import qilinadigan tamaki mahsulotlariga aksiz soligʻi kiritiladi
2020 yil 1 iyundan import qilinadigan qizdiriladigan tamaki mahsulotlari, chekiladigan, chaynaladigan, hidlanadigan shimiladigan (snyus), chilim uchun tamaki, nikotinli tamakisiz snyus, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklarga aksiz soligʻi kiritiladi.

Kredit taʼtillari boʻyicha bilishingiz lozim boʻlgan qoidalar
Karantin tugaganidan soʻng qiynalib qolmasligingiz uchun, kredit taʼtillari boʻyicha ayrim qoidalarni bilib olishingiz lozim. Qaysidir bank kredit uchun berilgan imtiyozli davr evaziga kredit muddatini choʻzmasdan, imtiyozli davrda toʻlanishi lozim boʻlgan summani qolgan davrlar uchun teng boʻlib yubormoqda. Qaysidir bank esa maʼlum bir muddatga boʻlib yuborgan, baʼzilar kredit umumiy muddatini choʻzishgan.

Deputatlar Oʻzbekistonning YeOII bilan hamkorlik masalasi haqida fikrlarini bildirdi
YeOII bilan hamkorlik qilish biz uchun qiymati 1 trillion 587 milliard AQSh dollariga teng boʻlgan bozorga kirish imkonini beradi. Oʻzbekiston bu bozorga oʻzining nisbatan arzon mahsulotlarini eksport qilib, katta miqyosda foyda koʻrishi mumkin, deydi Akmal Burhonov. Qodir Jumayev esa, YeOIIga aʼzo davlatlarning birortasiga xorijiy davlatlar yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan sanksiyalar qoʻllaniladigan boʻlsa, bu holat Oʻzbekistonga ham taʼsir oʻtkazmasdan qolmaydi, degan fikrni bildirdi.

Koronavirus inqiroziga qarshi kurashishda pul-kredit siyosati va moliyaviy tartibga solish choralari
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) pandemiyani urushga qiyoslamoqda va uning “urush” davri kamida bir chorakdan ikki chorakgacha davom etishini prognoz qilmoqda. Ushbu maqolada Oʻzbekiston, Rossiya, Qozogʻiston va Yevropa mamlakatlarida koronavirus inqiroziga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida pul-kredit siyosati va moliyaviy tartibga solish choralari haqida fikr yuritiladi.

19 ta bank jismoniy shaxslarning kredit toʻlovlari uchun "taʼtil" berdi
Oʻzbekistondagi 19 ta bank tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan barcha kreditlar boʻyicha toʻlov jadvaliga asosan 2-3 oy muddat keyinga koʻchirilmoqda.

Odamlar pandemiyaga qarshi jipslasha olishmasa, u qancha davom etishi mumkin?
Mutaxassislarning aytishicha, agar davlatlar hech qanday chora koʻrmasa, odamlar gigiyenaga va karantinga rioya etmasa, Yer aholisining 35 foizidan 70 foizigacha koronavirusga chalinardi. 300 milliongacha odam halok boʻlardi.

12 ta bank jismoniy shaxslarning kredit toʻlovlarini kechiktirdi
Oʻzbekistondagi 12 ta bank tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan barcha kreditlar boʻyicha toʻlov jadvaliga asosan 2-3 oy muddat keyinga koʻchirilmoqda.

Jismoniy shaxslarning kredit toʻlovlarini 3 oygacha kechiktirgan banklar 9 taga yetdi
Oʻzbekistondagi 9 ta bank tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan barcha kreditlar boʻyicha toʻlov jadvaliga asosan 2-3 oy muddat keyinga koʻchirilmoqda.

Oʻzbekiston birjasida ilk bor forvard savdolari yoʻlga qoʻyildi
Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi tarixida ilk bor mahsulotlarni bir oydan ortiq muddatda kechiktirgan holda yetkazib berish imkoniyatini beruvchi forvard savdolari oʻtkazila boshladi.

Oʻzbekistonga xorijdan soʻngi olti yil davomida qancha pul oʻtkazilgan?
2014-2019 yillarda chet eldan Oʻzbekistonga yuborilgan pul oʻtkazmalari dinamikasi davlatlar kesimida olib qaralganda bir necha mamlakatlar boʻyicha qiziqarli tendensiyalarni kuzatish mumkin. Soʻnggi 6 yilda Shvetsiyadan Oʻzbekistonga 6,9 mln. dollardan 34,8 mln dollargacha pul oʻtkazmalari yuborilgan.

Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonga virus tarqalishi bilan bogʻliq tibbiy ehtiyojlar uchun 200 ming dollarlik grant ajratadi
Moliyaviy institut rahbari M.Asakava ushbu masalani hal qilish uchun alohida guruh tuzilgani, bu boradagi murojaatni maʼqullash va moliyaviy yordam mablagʻlarini ajratish jarayonini tezlashtirishda zarur barcha saʼy-harakatlar amalga oshirilishni maʼlum qildi.

Oʻzbekistonda mart oyida narxlar 1,3 foizga oshdi
Oziq-ovqat mahsulotlari 1,9% ga, nooziq-ovqat mahsulotlari-0,9% ga, xizmatlar esa 0,8% ga oʻsdi.

Infografika: Oʻzbekistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar soni oʻsib bormoqda
15 martdan 31 martgacha boʻlgan bemorlar soni dinamikasi.

2 apreldan boshlab tovardan oldin u haqida maʼlumot yetib keladi
Havo va temir yoʻl transportida tashiladigan tovarlar va transport vositalari, shu jumladan, yoʻlovchilar va ular yuklari toʻgʻrisidagi dastlabki axborot bojxona organlarining axborot tizimiga butunjahon Internet tarmogʻi orqali yuboriladi.

Oʻzbekistondagi barcha kassalar, valyuta ayirboshlash shoxobchalari faoliyati toʻxtatildi
Bank binosidan tashqarida joylashgan bankning kassalari, valyuta ayirboshlash shoxobchalari faoliyati vaqtincha toʻxtatildi.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 10 million soʻm mukofot beriladi
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolandi. Farmonga koʻra, fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 75 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy ragʻbatlantiriladi.

Parlament Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligiga oid masalani oʻrganishga kirishdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari Akmal Saidovning maʼlum qilishicha, parlament quyi palatasi Kengashi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish masalasi oʻrganilmoqda.

Bojxona omborlarida 44,3 mln. dollarga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanayapti
Joriy yilning 29 mart holatiga bojxona omborlarida jami 44,3 mln. dollarga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanmoqda. Bojxona omborlarida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha 5,2 mln. dollar, hudud korxonalari boʻyicha 39,1 mln. dollarni tashkil etadi.

Qanday avtomobillarning koʻchalarda harakatlanishiga ruxsat beriladi?
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan koʻchalarda harakatlanishi uchun baʼzi avtotransport vositalariga maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi.

Respublika maxsus komissiyasi axboroti: Toshkent shahri va viloyat markazlarida avtomobillar harakati toʻxtatiladi
30 mart soat 06:00 dan boshlab Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida avtomobillarning harkatlanishi toʻxtatiladi.

UzAuto Motors Qozogʻistonda oʻz avtomobillarini yigʻishni boshladi
Oʻzbekiston va Qozogʻiston hukumat rahbarlari Qozogʻistonda Chevrolet brendi ostida UzAuto Motors avtomobillari ishlab chiqarilishiga start berdi. Dastlabki bosqichda ishlab chiqarish hajmi yiliga 26 ming transport vositasini tashkil qiladi, kelgusida uni 100 ming dona avtomobilga yetkazish koʻzda tutilgan.
