19 ta bank jismoniy shaxslarning kredit toʻlovlari uchun "taʼtil" berdi
Oʻzbekistondagi 19 ta bank tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan barcha kreditlar boʻyicha toʻlov jadvaliga asosan 2-3 oy muddat keyinga koʻchirilmoqda.

Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Oʻzbekistondagi 12 ta bank tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan barcha kreditlar boʻyicha toʻlov jadvaliga asosan 2-3 oy muddat keyinga koʻchirilmoqda.
Foiz toʻlovlari vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun belgilangan barcha penya toʻlovlari va jarima bekor qilindi. Foiz toʻlovlari karantin davri tugaganidan soʻng amalga oshirishilishi mumkin.
Karantin muddati uzaytirilgan taqdirda, koʻrsatilgan muddat tugaganidan keyin, mijoz kechiktirilgan toʻlovni uzaytirish uchun bank bilan bogʻlanish huquqiga ega.
1 aprel holatiga koʻra, aholining 100 mln. soʻmdan kam boʻlgan barcha kredit (overdraft, onlayn mikroqarz, sud jarayonidagi kreditlar bundan mustasno) toʻlovlari boʻyicha taʼtil eʼlon qilgan banklar roʻyxati:
1. Oʻzsanoatqurilishbank
2. Asakabank
3. Turonbank
4. Aloqabank
5. Hamkorbank
6. OʻzMilliybank
7. Agrobank
8. Mikrokreditbank
9. ZiraatBank
10. Xalq banki
11. InfinBank
12. Ipotekabank
13. Poytaxtbank
14. AsiaAllianceBank
15. Ipak yoʻli banki
16. OʻzAgroEsportbank
17. HiTechBank
18. Kapitalbank
19. Orient Finans Bank
Ushbu banklar jismoniy shaxslar uchun kredit shartnomasiga bir tomonlama oʻzgartirish kiritishmoqda va kreditlar boʻyicha 2-3 oylik imtiyozli davr berishmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

