| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi80 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda mart oyida narxlar 1,3 foizga oshdi

Oziq-ovqat mahsulotlari 1,9% ga, nooziq-ovqat mahsulotlari-0,9% ga, xizmatlar esa 0,8% ga oʻsdi.

Oʻzbekistonda mart oyida narxlar 1,3 foizga oshdi

Oʻzbekistonda mart oyida narxlar va tariflar darajasining oy davomidagi oʻsish surʼati 1,3 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar qilgan.

Senatorlar Toshkentdagi dehqon bozorlaridagi narx-navoni borib tekshirdi

2020 yilning yanvar-mart oylari davomida isteʼmol bozoridagi narxlar va tariflar oʻrtacha 2,8 foizga koʻtarilgan. Yillik davrda esa (2019 yilning martiga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining oʻrtacha oʻsish suraʼati 13,6 foizni tashkil etmoqda.

Kuzatilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy guruhlari ichida oy davomida meva va sabzavotlar (5 foizga), goʻsht, parrandachilik va baliq (1,7 foizga), yogʻ va moylar (1,3 foiz), non (1,2 foiz) va sut mahsulotlari (1,1 foiz)ning narxlari sezilarli darajada qimmatlashgan. Bir oy davomida umumiy ovqatlanish muassasalari narxlari 1,6 foizga, yil boshidan beri — 2,5 foizga qimmatlashdi.

Non mahsulotlarida (yorma va dukkaklilarni qoʻshgan holda) ushbu guruhga taalluqli boʻlgan loviya (4,1 foiz), mosh (3,4 foiz), noʻxat (2,1 foiz), grechka (1,9 foiz), un (1,5 foiz), vermishel, guruch va oqshoq (1,2 foiz) narxlari boshqalarga nisbatan sezilarli darajada qimmatlashgan. Yil boshidan esa dukkaklilar (0,7—8,3 foiz) va grechka (6,6 foizga) narxlari yuqori darajada koʻtarilgan.

Joriy yilning mart oyida tuxum narxlari 3,5 foizga arzonlashib, yil boshidan buyon narxlar darajasi 2,8 foizga pasaygan.

Oy davomida sut narxi 1,9 foizga (2020 yilning yanvar mart oylarida esa 3,8 foizga), suzma 1,3 foizga, qaymoq 1,2 foizga, qatiq narxi 1,1 foizga qimmatlashgan.

Bojxona omborlarida 44,3 mln. dollarga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanayapti

Nooziq-ovqat tovarlari boʻyicha kuzatilgan asosiy guruhlar ichida narxlarning eng yuqori oʻsishi shaxsiy transport (6,9 foiz) va tamaki mahsulotlariga (4,1 foiz) toʻgʻri kelmoqda. Bir oy davomida qurilish materiallari 0,9 foizga, kiyim-kechak, mato va iplar 0,8 foizga, poyabzal 0,7 foizga, uy-roʻzgʻor buyumlari va elektr jihozlari 0,3 foizga oʻsgan.

Mart oyida kuzatilayotgan aholi uchun pullik xizmatlar orasida oliy taʼlim davlat muassasalarida shartnoma asosida oʻqitish uchun toʻlovlarning 7 foizga, shuningdek, kuzatilayotgan boshqa taʼlim xizmatlarining 1,1 foizgacha koʻtarilishi natijasida umumiy taʼlim xizmatlari narxlari 3,2 foizga qimmatlashgan. Tibbiy xizmatlar bir oy ichida 1,8 foizga, maishiy xizmatlar — 0,9 foizga, yoʻlovchilar transporti va hordiq chiqarish xizmatlari — 0,8 foizga qimmatlashdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ