Parlament Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligiga oid masalani oʻrganishga kirishdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari Akmal Saidovning maʼlum qilishicha, parlament quyi palatasi Kengashi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish masalasi oʻrganilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari Akmal Saidovning maʼlum qilishicha, parlament quyi palatasi Kengashi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish masalasini oʻrganishni tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi tuzildi.
Ishchi guruhi vazifalari:
— YeOII bilan hamkorlikning milliy iqtisodiyotga taʼsirini chuqur tahlil qilish;
— qisqa, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda milliy iqtisodiyot rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga YeOII bilan hamkorlikning mosligini oʻrganish;
— hamkorlikning har bir iqtisodiyot tarmogʻiga ijobiy va salbiy taʼsirini batafsil yoritib berish;
— YeOII bilan hamkorlik Oʻzbekistonning boshqa xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorligiga taʼsirini har tomonlama koʻrib chiqish.
Bu masalalar quyi palatada har tomonlama koʻrib chiqiladi va tegishli xulosa qilinadi.
"Shuningdek, ish rejasida iqtisodiy integratsiya masalasida mamlakatimiz iqtisodiyotining yirik tarmoqlarini oʻrganish, ushbu masala boʻyicha yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, xorijiy va mahalliy mutaxassislarning takliflari hamda xulosalarini olish, eng ahamiyatlisi, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etishga keng eʼtibor qaratiladi.
Shu oʻrinda alohida taʼkidlashim joiz, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti ham Ishchi guruhi faoliyatini ilmiy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlab boradi. Bu xorijiy mutaxassislar takliflari hamda xulosalarini olishga, shuningdek, xorijiy tajribani tahlil qilishga zarur sharoit yaratadi", deydi Akmal Saidov.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

