Qanday avtomobillarning koʻchalarda harakatlanishiga ruxsat beriladi?
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan koʻchalarda harakatlanishi uchun baʼzi avtotransport vositalariga maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan koʻchalarda harakatlanishi uchun quyidagi avtotransport vositalariga maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi:
Oʻzbekiston va xorijiy davlatlarning diplomatik xizmati xodimlari hamda Tashqi ishlar vazirligining takliflariga muvofiq tashrif etilgan xalqaro tashkilotlarning delegatsiyalari aʼzolarining tegishli avtotransport vositalariga;
Aholi va tashkilotlarga kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga (gaz, elektr energiyasi, issiqlik taʼminoti, sovuq suv, suv oqava va boshqa tashkilotlar) tegishli avtotransport vositalariga;
aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlarga tegishli avtotransport vositalari hamda “Oʻzbekiston pochtasi” AJning pochta joʻnatmalariga;
tijorat banklariga tegishli xizmat avtotransport vositalariga;
tibbiy va epidemiologik xizmatlar koʻrsatuvchi korxonalarning avtotransport vositalariga;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar va maxsus hamda qutqaruv korxonalarining avtotransport vositalariga;
N1, N2 va N3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalariga hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini olib kelayotgan M1 (bir nafar yoʻlovchi bilan) toifadagi avtotransport vositalariga;
viloyat, shahar va tuman hokimlari va ularning oʻrinbosarlarining avtotransport vositalariga;
yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanish litsenziyasiga ega boʻlgan yoʻnalishsiz taksilarga (oʻzlarining roʻyxatdan oʻtgan maʼmuriy hududi doirasida) yoʻlovchilarsiz, yetkazib berish xizmati (kuryer, dostavka)lariga;
yetkazib berish xizmati (keytering) tashkilotlarining avtotransport vositalariga, shuningdek, yoʻlovchi tashish xizmatini koʻrsatuvchi tashkilotlarning yetkazib berish xizmatini koʻrsatayotgan avtotransport vositalariga;
fuqarolarga kechiktirib boʻlmaydigan tez tibbiy yordam koʻrsatish (homiladorlik, tan jarohati, inson hayotiga xavf tugʻdirayotgan boshqa holatlar) bilan bogʻliq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan shaxsiy avtotransport vositalariga;
dafn marosimlarida xizmat koʻrsatuvchi maxsus avtotransport vositalariga;
yoʻl-patrul xizmati avtomobillari yordamida kuzatilayotgan avtotransport vositalari shular jumlasidan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

