| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi939 marta oʻqildi

12 ta bank jismoniy shaxslarning kredit toʻlovlarini kechiktirdi

Oʻzbekistondagi 12 ta bank tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan barcha kreditlar boʻyicha toʻlov jadvaliga asosan 2-3 oy muddat keyinga koʻchirilmoqda.

12 ta bank jismoniy shaxslarning kredit toʻlovlarini kechiktirdi

Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Oʻzbekistondagi 12 ta bank tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan barcha kreditlar boʻyicha toʻlov jadvaliga asosan 2-3 oy muddat keyinga koʻchirilmoqda.

Jismoniy shaxslarning kredit toʻlovlarini 3 oygacha kechiktirgan banklar 9 taga yetdi

Foiz toʻlovlari vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun belgilangan barcha penya toʻlovlari va jarima bekor qilindi. Foiz toʻlovlari karantin davri tugaganidan soʻng amalga oshirishilishi mumkin.

Karantin muddati uzaytirilgan taqdirda, koʻrsatilgan muddat tugaganidan keyin, mijoz kechiktirilgan toʻlovni uzaytirish uchun bank bilan bogʻlanish huquqiga ega.

1 aprel holatiga koʻra, aholining 100 mln. soʻmdan kam boʻlgan barcha kredit (overdraft, onlayn mikroqarz, sud jarayonidagi kreditlar bundan mustasno) toʻlovlari boʻyicha taʼtil eʼlon qilgan banklar roʻyxati:

  1. Oʻzsanoatqurilishbank;

  2. Asakabank;

  3. Turonbank;

  4. Aloqabank;

    Kredit toʻlovlarini qaytarishga qiynalgan qarzdorlarga "taʼtil" beriladi

  5. Hamkorbank;

  6. Milliybank;

  7. Agrobank;

  8. Mikrokreditbank;

  9. ZiraatBank;

  10. Xalq banki;

  11. InfinBank;

  12. Ipotekabank.

Ushbu banklar jismoniy shaxslar uchun kredit shartnomasiga bir tomonlama oʻzgartirish kiritishmoqda va kreditlar boʻyicha 2-3 oylik imtiyozli davr berishmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ